Линклар

Mehmonda kech qolgan qishni kuzatib, uyg'onish ramzi bo'lmish Navro'z ayyomi bugun O'zbekistonga kirib keldi...

Musaffo osmon, gullayotgan daraxtlardan taralayotgan mayin hid va qushlarning chig'rlashi bilan o'zgacha bo'lgan Navro'z bayrami mamlakatimizning har chekkasida keng nishonlanmoqda.

Aziz mushtariy, "Yosh to'lqin" tahririyati sizni kirib kelgan bahor ayyomi - yangilanish va mehnat ramzi bo'lmish Navro'z ayyomi bilan chin qalbdan tabriklaydi. Kirib kelgan yangi kun sizga va sizning yaqinlaringizga sog'lik-salomatlik, baht va bahoriy kayfiyat olib kelsin.

Hatto Google qidiruv tizimining o'zbekcha sayti ham o'z Dudli (Doodle) orqali internet foydalanuvchilarini Navro'z bilan tabriklamoqda (www.google.co.uz).

Bilmasvoylarga:

Tarixi zardo'shtiylar davriga borib taqaladigan Navro'z, ya'ni "yangi yil" bayrami asosan E'ron, Afg'oniston, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlarida keng nishonlanadi.

Tarixi uzoqqa boruvchi Navro'z bayrami Sovet davrida O'zbekistondan keng nishonlanmangan, chunki bu bayram diniy bayram qatorida ko'rilgan. Mustaqillikdan so'ng esa Navro'z bayrami davlat miqyosida nishonlanadigan bo'ldi.

O'zbekiston musulmonlari orasida Navro'zga ikki hil qarash bor. Ayrimlar Navro'zni Islomga zid sana, deb hisoblasa, boshqalar Navro'zni milliy va madaniy meros sifatoda ko'rishadi.
XS
SM
MD
LG