Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:16

Nazarboyev: Qayta saylanishim G‘arb uchun sensatsiya bo‘ldi


Qozog‘istonda shu yil yozda muddatidan avval parlament saylovlari o‘tkazilishi mumkin.

Bu haqda qozoq matbuoti bergan xabarlarga ko‘ra, prezidentning siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Yermuhamet Yertisbayev matbuotga shunday ehtimol haqida so‘z ochgan.

3 aprel kuni mamlakatda muddatidan avval prezidentlik saylovi o‘tkazildi va dastlabki rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, unda saylovchilarning 95,5 foiz ovozini qozonib amaldagi prezident Nursulton Nazarboyev g‘alabaga erishgan.

70 yoshli prezident o‘z g‘alabasi haqida so‘zlar ekan: "Saylovda 90 foiz saylovchining ishtirok etgani va ulardan 90 foizdan ortig‘ining menga ovoz bergani G‘arb davlatlari uchun sensatsiya bo‘ldi", dedi prezident Nazarboyev.

U navbatdagi qasamyod marosimiga aprel oyi o‘rtalarida keltirilishi kutilmoqda. Amaldagi qonunchilikka binoan prezident qasamyod keltirganidan so‘ng amaldagi hukumat iste‘foga ketishi kerak.
XS
SM
MD
LG