Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:13

Qirg‘iziston prezidenti Azimjon Asqarov ishi “siyosiylashib ketgani”ni aytdi


Azimjon Asqarov sud jarayonida.
Azimjon Asqarov sud jarayonida.

Yevropa Ittifoqi qarorgohi joylashgan Bryusselga o‘tgan hafta oxirida safar qilgan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev "Yevronyus" telekanaliga2010 yilgi O‘sh voqealarida ayblanib umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan etnik o‘zbek huquq faoli Azimjon Asqarov ishi “siyosiylashib ketgani”ni aytdi.

Atambaev: "Asqarov ishi men uchun bosh og‘riq bo‘ldi"

Atambaevning "Yevronyus" telekanaliga bergan intervьyusi Azimjon Asqarov masalasi bilan boshlandi.

-Menga ham mana shu yillar davomida Azimjon Asqarov ishi bosh og‘riq bo‘ldi. Men o‘zim ham 15 yil davomida muxolifatda bo‘lganman. Biroq hech qachon huquq faoli va jurnalist Asqarov haqida eshitmaganman, -degan Almazbek Atambaev o‘z so‘zida davom etar ekan, Asqarov masalasi AQSh harbiy bazasi Bishkekdagi “Manas” aeroportidan chiqarilganidan so‘ng Vashington tomonidan kun tartibiga qo‘yilganini aytdi.

-Asqarov masalasi biz AQSh harbiy bazasi olib chiqib ketilishini talab qilganimizdan so‘ng paydo bo‘ldi. Shuning uchun bu masala siyosiylashtirilgandir, -dedi Almazbek Atambaev.

Avvalroq Atambaev bilan Bryusselda o‘tgan uchrashuvda Yevropa Kengashi prezidenti Donald Tusk va Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat mutasaddisi Federika Mogerini Azimjon Asqarov masalasi bilan qiziqqani, bunga javoban Atambaev Asqarov qamoqda qolishini aytgani xabar qilingan edi.

"Yevronyus"ga bergan intervyusida Atambaev Qirg‘iziston sudi chiqargan qarorning adolatli ekaniga shubha bildirish siyosiy etikaga to‘g‘ri kelmasligini, sud ochiq o‘tganini ham aytdi.

Uanen: "Asqarovga nisbatan sud "shou" bo‘ldi

Ko‘plab xalqaro tashkilotlar O‘sh voqealarida ayblanib 2010 yilda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Azimjon Asqarovga nisbatan jinoyat ishi soxtalashtirilganiga ishonilishini bildirib keladi. O‘tgan yil aprelida BMT Qirg‘iziston Asqarovni ozod qilishi kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilgach, Oliy sud bu ishni qayta ko‘rib chiqish uchun Chuy viloyat sudiga jo‘natgan edi.

Chuy viloyat sudi Asqarov ishini 4 oy davomida qayta ko‘rib chiqib, 28 yanvarda unga nisbatan chiqarilgan umrbod qamoq jazosini o‘z kuchida qoldirgan.

Qarorgohi Parijda joylashgan Huquq faollarini himoya qilish xalqaro tashkiloti xalqaro hamajmiyatga qilgan murojaatida qirg‘iz sudining bu qarorini “odil sudlovni mashara qilish” sifatida baholagan edi.

-Azimjon Asqarov ishini sudda qayta ko‘rib chiqilishi odil sudlov emas, balki “shou” bo‘ldi. Sud jarayonida BMTning Qirg‘iziston hukumatiga qo‘ygan talablaridan birortasi ham bajarilmadi, - dedi Huquq faollarini himoya qilish xalqaro tashkiloti rasmiysi Yuliya Uanen.

Asqarov ishi Yevropa Ittifoqi tomonidan avvallari ham ko‘tarilgan edi

Azimjon Asqarov masalasi 2012 yilda prezident Atambaevning Germaniyaga qilgan safari doirasida Germaniya kantsleri Angela Merkel hamda 2013 yilning sentyabrida Bryusselda Yevropa Ittifoqi rasmiylari bilan o‘tgan uchrashuvlari chog‘ida ham ko‘tarilgan.

O‘shanda prezident Almazbek Atambaev Azimjon Asqarovni oqlash uchun hech qanday sabablar mavjud emasligi to‘g‘risida bayonot bergan edi.

Azimjon Asqarovga 2015 yili AQSh Davlat departamentining “Inson huquqlari faoli” mukofoti topishirilgan. Shundan so‘ng Bishkek hukumati norozilik sifatida Vashington bilan imzolangan o‘zaro hamkorlik shartnomasini bekor qilgan edi.

XS
SM
MD
LG