Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:04

Nazarboyev yana prezident sifatida qasamyodga keltirildi


Nazarboyev ham Qur‘on¸ ham konstitutsiyaga qo‘l qo‘yib¸ qasamyod ichdi.
Nazarboyev ham Qur‘on¸ ham konstitutsiyaga qo‘l qo‘yib¸ qasamyod ichdi.
Bugun Nursulton Nazarboyev to‘rtinchi bor Qozog‘iston prezidenti sifatida qasamyodga keltirildi.

Marosimdagi nutqi davomida Nazarboyev jamiyatni yanada demokratlashtirish va siyosiy islohotlarni tezlatishga va‘da berdi.

Prezident qasamyodga keltirilgach¸ Qozog‘iston hukumati konstitutsiyaga muvofiq¸ prezidentga o‘z iste‘fosini topshirdi. Ammo parlament darhol Bosh vazir Karim Masimovni o‘z lavozimiga qayta sayladi.

Endilikda Masimov 10 kun ichida vazirlik lavozimiga nomzodlar ro‘yxatini prezidentga taqdim etadi. Yangi hukumat tarkibi prezident tasdig‘idan o‘tgach¸ rasman ishga kirishadi.

Nursulton Nazarboyev 22 yildan beri Qozog‘istonni boshqarib kelmoqda. 3 aprel kuni muddatidan avval o‘tkazilgan prezident saylovlarida¸ Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra¸ Nazarboyev 95 foizdan ko‘proq ovoz bilan qayta lavozimiga saylandi.

YeXHT saylovlar davomida jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilganini bildirdi.
XS
SM
MD
LG