Линклар

logo-print

Neksiya Rossiyada eng ko‘p sotilgan o‘nlikga kirdi


GM Uzbekistan O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi chiqarayotgan Neksiya mashinasi Rossiyada yil davomida eng ko‘p sotilgan o‘nlikka kirdi.

GM Uzbekistan O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi chiqarayotgan Neksiya mashinasi Rossiyada yil davomida eng ko‘p sotilgan o‘nlikka kirdi.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilaëtgan avtomobillar savdosi Rossiyada chaqqonligicha qolmoqda.
Joriy yilning birinchi yarmida GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi ishlab chiqargan avtomobillarning Rossiyadagi savdosi 2010 yilning shu davriga nisbatan 40 foizga o‘sdi. Yevropa biznesi assotsiatsiyasi qoshidagi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi e‘lon qilgan ma‘lumotlarga ko‘ra, 2011 yilning yanvar-iyun oylarida Neksiya savdo hajmi bo‘yicha Rossiya avtomobil bozorida 10 o‘rinni egalladi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi rasmiy vakili Viktoriya Zavyalova Ozodlik bilan suhbatda o‘zbek avtomobillari bozorining chaqqonligini Rossiyada avtomobil bozorining barqarorlashuvi bilan izohladi.
- 2011 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgann 45 127 avtomobil sotilgan, 2010 yilning shu oylarida esa bu ko‘rsatkich 32 316 avtomobilni tashkil etgan. GM Uzbekistan mahsulotlarining savdo hajmi bir yil davomida 40 foizlik o‘sishni ko‘rsatdi. Misol tariqasida, joriy yilning birgina iyunida Rossiyada O‘zbekistonda ishlangan 9 402 mashina sotilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu oyida 7395 ta mashina sotilgan. Umuman olganda, so‘nggi yarim yillikda Rossiyada avtomobil bozorining jiddiy jonlanishi kuzatilmoqda, deydi Yevropa biznesi assotsiatsiyasi rasmiysi.
Viktoriya Zavyalovaning assotsiatsiya raisi Devid Tomasdan olgan ma‘lumotlariga tayanib ta‘kidlashicha, “2011 yilning birinchi yarmidagi mashina savdosining 56 foizlik o‘sishi Rossiya avtomobil bozorining uzil-kesil barqarorlashganini namoyish qiladi”.
Assotsiatsiya rasmiylarining ma‘lumotiga binoan, mamlakatda eng ko‘p sotilgan yengil avtomobillarning o‘ntasidan to‘qqiztasi – Rossiyada ishlab chiqarilgan¸ bittasi esa O‘zbekistonniki; Rossiyada sotilayotgan va to‘liq xorijda ishlangan yengil avtomobillar orasida GM Uzbekistan mahsuloti bo‘lgan Neksiya birinchi o‘rinda.
Viktoriya Zavyalova o‘z tashkiloti Rossiya avtomobil bozorining bu darajada kuchayishini hatto taxmin qilmaganini gapiradi: oxirgi yarim yilda Rossiyada jami 1 million 200 mingdan ziyod yengil avtomobil sotilgan.
- Juda katta inqirozdan keyin keskin o‘sishning kuzatilishi tabiiy hol, chunki ko‘rsatkichlar inqiroz davriga nisbatan olingan. Shu sababli keyingi yil bu ko‘rsatkichlar bunchalik katta bo‘lmasa kerak, degan taxminimiz bor, deydi Yevropa biznesi assotsiatsiyasi qoshidagi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi rasmiy vakili Viktoriya Zavyalova.
Qo‘mita ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Neksiya anchadan buyon Rossiyada eng ko‘p sotilayotgan avtomobil rusumlari o‘nligidan joy olgan bo‘lsa, 2011 yilning birinchi yarim yilligida Matiz – 16 o‘rinni egalladi.
“O‘zavtosanoat” davlat shirkatiga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiyaga 74 419 dona Neksiya va Matiz mashinalari sotilgan, O‘zbekiston ichki bozorida esa 143 ming mashina sotilgan.
Rossiyada o‘zbek Neksiyasida bir necha yildan buyon taksichilik qilayotgan 30 yoshli Asrorbek Rossiyada bu avtomobilning ko‘p sotilayotgani sabablarini shunday izohlaydi.
- Gastarbayterlar ko‘p, aka. Biznikilar juda ko‘payib ketdi. Kecha kuni bir o‘ris ayol xafa bo‘lyapti: “Senlar juda ko‘payib ketding”. Moskva bizning hisobimizga kengayyapti. Asosan Moskvada taksichilik qiladigan bizning bolalarda Neksiya. Men bu mashinani internetdan topib, egasi bilan uchrashib narxini 135 ming dedi, besh yil ishlatilgan mashina ekan. Bu mashina eng arzon, zapchastlari hamma yerdan topilishi, obslujivaniyesi arzonligi, umuman har tomonlama yaxshi bo‘lganligi uchun mashhur. Bu pulga inomarka ololmaysiz. Yaxshi ishlangan mashina. Ruslarning aytishi bo‘yicha, bu eng arzon inomarka. Chidamli, tez buzilavyermaydi, konditsioneri bor, xodovoy taraflari yaxshi.
Uning minus tomoni metallda, ya‘ni Moskva ko‘chalariga sepadigan agregatlar mashinani tez chiritvoradi. Metalli juda xrupkiy, tez bukiladi, deydi asli jalolobodlik Asrorbek.
Hozirda “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasi yiliga 300 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, zavodda Neksiya, Lasetti, Epika, Matiz, Spark, Kaptiva va Damas rusumidagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, 2011 yilning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hukumati hozirda o‘z faoliyatini to‘xtatgan Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi sexlarida GM Uzbekistan qo‘shma korxonasining yangi loyihasi - GSVEM sedanini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kirishgan. Loyihaga hozircha 136 million AQSh dollari miqdorida sarmoya qilingan va 2013 yilga qadar ishlab chiqarishning to‘liq ishga tushirilishi ko‘zlangan.
O‘zbek avtomobilsozlari xorijlik hamkorlari bilan Toshkentning sobiq aviatsiya zavodida yiliga 100 ming avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
XS
SM
MD
LG