Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:18

Nima qilib qo‘ydingiz?


Ahmad A‘zam 80-yillar oxirida Birlik xalq harakati safida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi uchun kurashgan ijodkorlardan biri edi (so‘ldan uchinchi).
Ahmad A‘zam 80-yillar oxirida Birlik xalq harakati safida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi uchun kurashgan ijodkorlardan biri edi (so‘ldan uchinchi).
Bu - O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi oldidan Ozodlik boshlagan turkum suhbatlarda beriladigan ikki savolning biri.

Birinchi savol budir: Nima qildingiz?

Ya‘ni O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon nima bilan mashg‘ul bo‘ldingizu ortda qolgan 20 yil ichida qanday xatolarga yo‘l qo‘ydingiz, deb so‘raymiz taniqli o‘zbeklardan.

Bu suhbatlardan maqsad “20 yil”, deb osongina aytib qo‘yiladigan ulkan bir davrni konkret odamlar hayoti misolida real tasavvur qilishga urinishdir.

Birinchi suhbatdoshimiz taniqli o‘zbek adibi va jurnalisti Ahmad A‘zamdir.

Nega u?

Birinchidan, ismi ham, familiyasi ham “A”dan boshlanadi.

Ikkinchidan, O‘zbekistonda demokratik harakatni boshlaganlardan biri ham, keyinchalik safdoshlari tashqarilab, o‘zi O‘zbekistonda qolgan ham Ahmad A‘zamdir.

Uchinchidan, turkum suhbatlarimiz ikki asosiy savolining ikkinchisi paydo bo‘lishiga aynan shu adibning bir novyellasi (“Nima qilib qo‘ygan ekanman?”) sarlavhasi turtki berdiki, aynan shu omil tufayli ham turkumni boshqa birov bilan emas, Ahmad A‘zam bilan boshladik.


XS
SM
MD
LG