Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:15

Novosibirskda o‘zbek va qirg‘iz mardikorlari mushtlashdi


Novosibirsk shahrining “Berezoviy” qurilish ob‘ektida ish talashgan o‘zbek va qirg‘iz mardikorlar o‘rtasida chiqdi va uch kishi jarohatlandi.

Novosibirsk viloyati IIB matbuot markazi rahbari Natalya Maslovaga ko‘ra, jarohatlanganlar qirg‘iz millatiga mansub.

- Bir tomondan 15 kishi, ikkinchi tarafdan 30 kishi to‘plangan. Mushtlashuv uch nafar Qirg‘iziston fuqarosi pichoqlandi va shifoxonaga joylashtirildi. Ularni mast holda pichoqlagan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi,-dedi Natalya Maslova.

Boshqarma rasmiysi janjal maishiy tusga ega ekani va unga etnik tus bermaslik kerakligini ta‘kidladi.

Rossiya Jinoyat Kodeksining 111 moddasi bilan ayblangan O‘zbekiston fuqarosi hozir tergov izolyatorida ekani, unga advokat va tarjimon berilgani aytildi.
XS
SM
MD
LG