Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:09

Obama Afg‘oniston bo‘yicha rejasini e‘lon qiladi


Bugun AQSh Prezidenti Barak Obama Afg‘onistondan Amerika harbiylarini olib chiqish rejasini e‘lon qiladi.
Xabarlarga qaraganda, prezident iyulda boshlanajak harbiylarni olib chiqishga tayyorgarlik jarayoni hamda mamlakat xavfsizligi uchun mas‘uliyatni 2014 yilda Afg‘oniston ma‘murlarining o‘zlariga topshirish masalalari to‘g‘risida gapiradi.
Afg‘onistondan olib chiqilajak harbiylarning aniq miqdori hamda bu jarayonning sur‘ati hozircha ma‘lum emas.
Keyingi paytlarda prezident Obama Afg‘onistondagi harbiy harakatlar 10 yilga cho‘zilib ketganidan norozi bo‘layotgan Kongress va Amerika jamoatchiligining tobora o‘sib borayotgan bosimini his qilmoqda.
XS
SM
MD
LG