Линклар

logo-print
Joriy yil oxirigacha AQSh Afg‘onistondan 10 ming nafar, 2012 yilning yozigacha 33 ming harbiy xizmatchisini olib chiqadi.

Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama milliy televideniyeda qilgan chiqishi chog‘ida bayonot berdi. Prezidentga ko‘ra, AQSh harbiylari 2014 yilgacha Afg‘onistonni bosqichma-bosqich to‘la tark etadi va mamlakat xavfsizligi ustidan nazorat to‘laligicha Afg‘oniston hukumatiga topshiriladi.

Obamaning aytishicha, Vashington Afg‘onistonda milliy yarashuv yo‘lida boshlnadigan har qanday tashabbusda faol ishtirok etishda davom qiladi.

AQSh mudofaa vaziri Robert Geyts prezident rejasini qo‘llab-quvvatladi.

Shu kunda Afg‘onistonda AQShning 100 ming nafar atrofida harbiy xizmatchisi mavjud.
XS
SM
MD
LG