Линклар

Usamaning o‘ligi tushirilgan fotosuratlarga jahonda qiziqish ortib borayotganiga qaramay, AQSh prezidenti Barak Obama bu suratlarni e‘lon qilish niyatida emasligi bildirildi.

Oq uy matbout vakili Jey Karniga ko‘ra, Obama milliy xavfsizlik kengashi a‘zolari bilan maslahatlashib, Al-Qoida yetakchisi o‘ldirilganidan keyin olingan rasmlarni oshkor qilmaslikka qaror qilgan.

Bin Ladin mayiti suratlarini ko‘rgan AQSh rasmylari ularni “qo‘rqinchli”, deya tasvirlashdi.

Ayni paytda AQSh prezidenti Barak Obama bugun Nyu Yorkdagi 2011 yil 11 sentabr terror hujumlari oqibatida Jahon savdo markazi egiz binolari qulagan joy - "Ground zero"ga boradi.

Obamaning bu ziyorati Al-Qoida rahbari Usama bin Ladinning o‘ldirilishi ortidan amalga oshmoqda.

Oq uy rahbari “Ground zero”da qariyb o‘n yil avvalgi terror hujumlari oqibatida halok bo‘lganlarni xotirlash marosimida qatnashadi va qurbonlarning yaqinlari bilan uchrashadi.

AQShdagi 11 sentabr hujumlari tashkilotchisi sifatida ko‘riladigan Usama bin Ladin yakshanba kuni Pokistonda o‘tkazilgan AQSh harbiylarining maxsus amaliyoti chog‘ida o‘ldirildi.
XS
SM
MD
LG