Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:43

Obama bin Ladinni o‘ldirgan askarlar bilan uchrashadi


Bugun AQSh Prezidenti Barak Obama Pokistonda Usama bin Ladinni yo‘q qilish operatsiyasini amalga oshirgan maxsus guruh a‘zolari bilan uchrashadi.

Rasmiylarga ko‘ra, Obama o‘zining Fort Campbell qarorgohida o‘tkaziladigan yopiq uchrashuvda AQSh dengiz dessantchilariga shaxsan minnatdorchilik bildirmoqchi.

Kommandos guruhi dushanba kuni Pokiston poytaxti yaqinidagi Abbotobod shaharchasida bin Ladin yashiringan uyda reyd o‘tkazib, Al-Qoida yetakchisini otib o‘ldirdi.
XS
SM
MD
LG