Линклар

logo-print
AQSh prezidenti Barak Obama yakshanba kuni Yaqin Sharq tinchlik muzokaralarini 1967 yilgi chegaralardan kelib chiqib qayta boshlashga yana bir bor chaqirdi.

Vashingtonda AQSh-Isroil ijtimoiy aloqalar qo‘mitasi (AIPAC) vakillari oldida qilgan chiqishi chog‘ida AQSh prezidenti Isroilning 1967 yilgi chegaralari hisobga olingan hamda Isroil bilan Falastin o‘rtasida hududlar ayirboshlangan holda Falastin davlati tuzilishi tarafdori ekanligini bildirdi.

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu Barak Obama bilan Vashingtonda juma kuni o‘tkazgan uchrashuvidan so‘ng AQSh prezidentining 1967 yilgi chegaralarlarga qaytish to‘g‘risidagi chaqiriqlarini rad etdi.

Barak Obama yakshanba kungi chiqishida uning pozitsiyasi “buzib talqin etilgani” va uning hududlarni ayirboshlash to‘g‘risidagi chaqiriqlari inkor etilganini aytib o‘tdi.
XS
SM
MD
LG