Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:29

Obama ma‘muriyati Internetni yanada xavfsiz qilmoqchi


AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton Internet ochiq axborot manbasi bo‘lib qolishi uchun Qo‘shma Shtatlar boshqa davlatlar bilan birga ish olib borishini bayon qildi.

- Qo‘shma Shtatlar xalqaro savdo va tijoratni qo‘llab-quvvatlaydigan, xalqaro xavfsizlikni mustahkamlaydigan, so‘z erkinligi va innovatsiyalarga qulay imkoniyat yaratuvchi, ochiq, o‘zaro manfaatli, xavfsiz, ishonchli axborot va kommunikatsiya infratuzilmasini targ‘ib qilishda xalqaro miqyosda ish olib boradi, - dedi Hillari Klinton.

Oq Uy, agar o‘z milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi kibernetik hujumga uchrasa, unga javoban Qo‘shma Shtatlar harbiy kuch qo‘llashi haqida aniq ogohlantirdi.
XS
SM
MD
LG