Линклар

AQSh prezidenti Barak Obama va rafiqasi Mishel 2010 yilda 1.7 million dollar daromad ko‘rganlar.

Bu undan oldingi yildagiga qaraganda qariyb uch baravar kamdir. Esingizda bo'lsa, Barak Obama 2009 yili Nobel tinchlik mukofoti sovrindori bo'lib, unga Nobel mukofoti fondidan 1.4 million dollar berilgan edi.

Oq uy ma‘muriyatiga ko‘ra, prezident 2010 yildagi daromadlarining asosiy qismi kitob sotilishidan tushgan.

Obama oilasi o'tgan yilgi tushgan daromaddan davlatga 453 ming 770 dollar soliq to‘lagan.
XS
SM
MD
LG