Линклар

AQSh prezidenti Barak Obamaning fikricha, Xitoy, Hindiston va Braziliyaday davlatlarning iqtisodiyoti gurkirab o‘sayotgani Yevropa va AQShning o‘z mavqelarini boy berdi, degani emas.

Bu fikrni Obama Buyuk Britaniyaga qilgan davlat tashrifining ikkinchi kunida, Britaniya parlamenti palatalari qo‘shma majlisida qilgan chiqishi chog‘ida bildirdi.

Chorshanba kuni, shuningdek, Barak Obama Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan ham so‘zlashuvlar o‘tkazdi va uchrashuvdan keyin ikkala rahbar demokratik islohotlar o‘tkazish istagida bo‘lgan arab davlatlariga ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanliklari to‘g‘risida bayonot berdi.

Obama va Kemeron yana bir bor Liviya lideri Muammar Qaddafiyni iste‘fo berishga chaqirdi, Isroil – Falastin tinchlik muzokaralarining davom ettirish hamda Afg‘onistondagi milliy yarashuv jarayoniga mo‘‘tadil toliblarni jalb etish tarafdori ekanliklarini bildirdilar.
XS
SM
MD
LG