Линклар

logo-print
AQSh prezidenti Barak Obama kuchli tornado oqibatida 142 odam nobud bo‘lgan Missuri shtatining Joplin shahriga bordi.

Obama tabiiy ofatni milliy fojea deb atadi va tornado oqibatida vayron bo‘lgan Joplin shaharini qayta tiklashni va‘da qildi.

Rasmiylarga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida yana yuzga yaqin odam bedarak yo‘qolgan, 900 dan ortiq odam jarohatlangan.

23 may kungi tornado 50 ming aholi yashaydigan shahridagi binolarning 50 foizini vayron qilgan.

Bu AQShda 1950 yildan beri sodir bo‘lgan eng kuchli tornado ekani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG