Линклар

AQSh Prezidenti Barak Obama bugun qilgan nutqida Arab davlatlaridagi isyonlar haqida gapirib, “repressiya siyosati bundan keyin ishlamaydi”, deya ta‘kidladi.
O‘z ma‘muriyatining Yaqin Sharqqa oid yangi strategiyasiga bag‘ishlangan nutqida Obama so‘nggi olti oy davomida bu mintaqada ro‘y bergan voqealar repressiya besamar bo‘lishi va “zolimlar qulashini” ko‘rsatdi, dedi.
- Olti oy davomida biz Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada favqulodda g‘ayrioddiy o‘zgarish ro‘y berganiga guvoh bo‘ldik. Bir maydonma-maydon, shaharma-shahar, mamlakatma-mamlakat xalqlar o‘zlarining haqqini talab qilib chiqdi, dedi Obama.
AQSh prezidenti demokratiya tarafidagi namoyishchilar olti oy ichida terrorchilar “o‘n yilliklar” davomida erisha olmagan yutuqlarni qo‘lga kirita oldi, deya ta‘kidladi.
Joriy oy boshida AQSh maxsus kuchlari maxfiy operatsiya natijasida yo‘q qilgan Al-Qoida yetakchisi Usama bin-Laden haqida gapirgan Obama, u shahid emas, “qotil edi”, dedi.
Obama o‘z nutqida Suriyaga ham to‘xtalib, prezident Bashar al-Assad qotillik yo‘lini tanladi, deya ta‘kidlab uni yo tanlagan yo‘lini o‘zgartirish, yoki hokimiyatdan ketishga chaqirdi.
U shuningdek Isroil va Falastinga murojaat qilib, ularni “tinchlik majburlab berilmasligini” anglashga chaqirdi.
Tinchlik o‘rnatish jarayoni natijasida 1967 yilgacha bo‘lgan chegaralarga asoslangan ikki davlat paydo bo‘lishi kerak, degan Obama “Falastin bilan Isroil, Iordaniya va Misr hamda Isroil bilan Falastin o‘rtasida doimiy chegara chiziqlari” o‘rnatilishi lozim, deya bayon qildi.
Prezident Obama demokratik islohotlarga tayyor davlatlarga iqtisodiy yordam va‘da qildi.
Qo‘shma Shtatlar, dedi Obama, Misrning 2 milliard AQSh dollarigacha bo‘lgan qarzlaridan qutulishga yordam berishi va yaqin kelajakda mintaqa bo‘ylab xususiy sektorni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan va 2 millard AQSh dollariga teng dasturni tadbiq eta boshlashini bayon qildi.
XS
SM
MD
LG