Линклар

AQSh prezidenti ma‘muriyati Barak Obamaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasini jamoatchilikga ko‘rsatdi.

Guvohnomaning e‘lon qilinishi keyingi paytlarda Obama AQShda tug‘ilmagan, shuning uchun konstitutsiya bo‘yicha uning prezidentlikka saylanishga haqqi yo‘q edi, degan iddaolarning kuchayib ketayotganiga javobdir.

Obama chorshanba kuni jurnalistlar oldida qisqa chiqish qilar ekan, mish-mishlarni nazarda tutib, iqtisodiyot uchun og‘ir bo‘lib turgan shu kunlarda prezident ma‘muriyatining bunday “be‘manilik” bilan shug‘ullanishga vaqti yo‘q, degan fikrni bildirdi.

2008 yili prezidentlikka nomzodli sifatida ro‘yxatdan o‘tar ekan, Obama metrikasini ko‘rsatgan edi.

Kecha e‘lon qilingan batafsil guvohnomada Obamaning AQSh tarkibiga 1959 yili kirgan Havai shtatida 1961 yili tug‘ilganligi yozib qo‘yilgan. Metrikada yozilishicha, prezident Obamaning otasining ismi ham Barak Husayn Obama va u Kenyada tavallud topgan. Prezident Obamaning onasi esa Stanley En (Ann) Dunham. Barak Obama tug'ilganda u 18 yoshda bo'lgan.
XS
SM
MD
LG