Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:31

Obid Asomov: "Ijodimga nega taqiq qo‘yilgani sababini bilolmayapman"


Qiziqchidan to‘tiqushi yo‘qolgani haqidagi e‘lon ham olinmadi.
Qiziqchidan to‘tiqushi yo‘qolgani haqidagi e‘lon ham olinmadi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist ijodiga O‘zbekistonda taqiq qo‘yilganiga bir yarim yil bo‘ldi.

Obid Asomov uchun televideniye va radio eshiklari ham yopilgan.

Hatto O‘zbekiston sariq matbuoti ham Obid Asomovningismini tilga olmaslik haqidayuqoridan topshiriq olganligi aytiladi.

Ozodlik bilan suhbatda Obid Asomov to‘tiqushi yo‘qolib qolganligi to‘g‘risida gazetaga e‘lon bermoqchi bo‘lib borganda undan e‘lon qabul qilinmagan haqida gapirib berdi.

Garchi har yili “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasiga unga berilgan litsenziya pulini to‘lab turgan bo‘lsa-da, xizmat ko‘rsatgan artistga Toshkent shahri va viloyatlarda konsert berish taqiqlangan.

Obid Asomov ishtirok etgan filmlar, hatto u ovoz bergan multfilmlarning ham namoyish etilishi taqiqlangan.

Ozodlik bu taqiqlar sabablariga oid savollar bilan taniqli qiziqchiga murojaat qildi.

Quyida Obid Asomov bilan bo‘lgan suhbatni tinglang. U bilan Sadriddin Ashur suhbatlashdi.

XS
SM
MD
LG