Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:37

Ochlik e‘lon qilgan jurnalistlar Twitterda


Twit screen
Twit screen
Uch kundan buyon Toshkentdai uylarida ochlik aksiyasini davom ettirayotgan jurnalistlar Malohat Eshonqulova va Saodat Omonova Twitter mikroblogi orqali o‘z ahvolidan xabar bermoqda.

O‘zbekiston prezidenti devoni oldida ochlik aksiyasi o‘tkaza boshlagach, militsiya xodimlari tomonidan olib ketilib, uch million so‘m jarimaga tortilganlaridan keyin ikki jurnalist Malohat Eshonqulova va Saodat Omonova o‘zlariga prezident Islom Karimov bilan uchrashish imkoni berilmagunicha o‘z aksiyalarini to‘xtatmasliklarini aytmoqda.

30 iyun kuni Twitter mikroblogida qisqa xabarlarni joylashtirishni boshlagan jurnalistlar o‘z ahvollari haqida xabar berib turishibdi.

“2011 yil 30 iyun, ochlik aksiyamizning 3-kuni. Hozir soat 12.33. Saodatning oshqozoni azob bermoqda. Tez yordam chaqirishga majbur bo‘ldik” deyiladi ular qoldirgan tvitlardan birida.


Asnoda uch kundan buyon ochlik aksiyasini davom etayotgan jurnalist Saodat Omonovaning sog‘ligi 30 iyun kuni ham yomonlashganini jurnalistni ko‘zdan kechirish uchun kelgan tez tibbiy yordam xodimi, shifokor Shukrullo Sirojev ham tasdiqladi:

- Endi bu ochlik e‘lon qilish bilan bir narsaga erishish qiyin. Birinchidan, o‘zlarining sog‘ligini yo‘qotib qo‘yishayapti. Saodat Omonovaning oshqozon, o‘t pufagidagi shamollashlar obostreniye berib o‘tiribdi. Asosiysi shu.

Ozodlik: Siz qanday muolajani tavsiya etasiz hozir?

- Bular davolanishni boshlashi kerak. Tekshiruv qilinish kerak. O‘zlarining sog‘ligi borasida ochlik bilan hech narsaga erisha olmaydilar. Endi bu ahvolda ambulator davolansa bo‘ladi, - dedi Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifokori Shukrullo Sirojev.

Eslatib o‘tamiz, ochlik aksiyasini o‘tkazayotgan telejurnalistlarning sog‘ligi 28 va 29 iyun kunlari ham yomonlashib, Tez tibbiy yordam xodimlarini uylariga chaqirishga majbur bo‘lgandilar.
XS
SM
MD
LG