Линклар

Ukraina Ichki ishlar vazirligining Narkotiklar noqonuniy savdosiga qarshi kurash bo‘limi xodimlari Odessa oblastida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi.

“Unian” axborot agentligiga ko‘ra, ushlangan shaxslardan ikki paket geroin va kokain topilib musodara qilingan.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot vakili Yuliya Chebanning jurnalistlarga ma‘lum qilishicha, qo‘lga olingan shaxslardan 100 gramm geroin solingan paket va giyohvandlik moddalari tayyorlanadigan qo‘lbola uskuna tortib olingan.

Hibsga olingan o‘zbekistonliklarga nisbatan Ukraina Jinoyat kodeksining 307-moddasi, 3-bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
XS
SM
MD
LG