Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:36

Ahmedov: Murabbiy menga ishonadi


Odil Ahmedov Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida Xitoy terma jamoasi hujumchisi Gao Linga qashi.
Odil Ahmedov Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida Xitoy terma jamoasi hujumchisi Gao Linga qashi.

Toshkentning "Paxtakor" futbol klubidan Maxachkalaning "Anji" klubiga o'tgan vatandoshimiz Odil Ahmedov ayni damda o'z yangi klubi tarkibida Turkiya o'tayotgan yig'inda qatnashmoqda. Yig'in davomida o'tgan Kiyevning "Obolon" futbol klubiga qarshi o'yinda Odil Ahmedov o'yinning yagona go'lini "Obolon" darvozasiga penaltidan urgan edi.

O'zbekistonning 2009 yildagi eng yaxshi o'yinchisi Odil Ahmedov Sports.ru saytiga "Anji"dagi muhit va "Obolon"ga qarshi o'yin haqida qisqacha intervyu berdi. Intervyuning tarmijasini quyida keltiramiz:

- Boshida biroz qiynaldim. Har holda yangi jamoa, yangi o'yinchilar, yangi klub. Men Toshkentda "Paxtakor" klubida bir necha yil to'p surib jamoadoshlarimga va yaqinlarimga o'rganib qolibman. To'g'ri, bu yerda yangi jamoamda ham ajoyib muhit hukm surmoqda. O'yinchilar bir-birlarini qo'llab-quvvatlaydi. Asta-sekin ko'nikib boryapman. Tez orada yangi muhitga moslashib olaman va jamoaga qo'limdan kelgancha o'z o'yinim bilan yordam berishga va jonajon O'zbekistonning sha'nini yanada yuqoriga ko'tarishga harakat qilaman.

"Obolon" klubiga qarshi o'yin xususida esa shuni aytishim mumkinki, o'yin boshida hujumga yaqin o'yin olib bordim. Ikkinchi taymda esa yarim himoyada o'ynadim. Golendaga nisbaqat o'yin qoidasi buzilganda esa tashabbusni o'z qo'limga olib 11 metrlik jarima nuqtasida bordim. Bu murabbiyning ko'rsatmasi emasdi. Shunchaki hech kim pentalti tepishga harakat qilmaganligi uchun men to'pni o'z qo'limga oldim. Jamoadishlarim qarshilik qilmaganligi uchun men pentaltini to'pini tepdim.

Umuman olganda "Anji"da meni yaxshi kutib olishganidan xursandman. Yangi jamoada barcha bir-biriga yordam qo'lini cho'zadi, bir-biri bilan yaxshi muomalada, murabbiy esa menga ishonadi. Turkiyadagi yig'inda men Ivanov bilan bitta xonada yashapman. U ham menga o'xshab jamoaga yangi qo'shilgan, deydi Odil Ahmedov.

"Yosh to'lqin" tahririyati esa yosh Odil Ahmedovga yangi jamoada yangi muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

XS
SM
MD
LG