Линклар

Odil Ahmedovning narxi 12 million yevromi?


O'zbekiston milliy terma jamoasining yarim himoyachisi Odil Ahmedov xitoylik hujumchi Gao Linga qarshi to'p uchun kurashmoqda. "A" guruhida Xitoy bilan bo'lgan o'yinda Odil Ahmedov gollarning biriga mualliflik qilgan.

O'zbekiston milliy terma jamoasining yarim himoyachisi Odil Ahmedov xitoylik hujumchi Gao Linga qarshi to'p uchun kurashmoqda. "A" guruhida Xitoy bilan bo'lgan o'yinda Odil Ahmedov gollarning biriga mualliflik qilgan.

Osiyo Kubogida bir-biridan chiroylik ikki go'l muallifiga aylangan Odil Ahmedov 12 million evroga baholandi. Bu haqda uff.uz sayti Sports.ru saytida chiqgan ma'lumotga asoslanib xabar bermoqda.

O'zbekiston terma jamoasining yarim himoyachisi Odil Ahmedov "Rubin", "Anji" va "Lokomotiv" klublarining skautlari (skaut - yangi talant izlovchi) qiziyayotgani aytilmoqda edi. Uff.uz saytining yozishicha, Qatarning "Al-G'arafa" futbol klubi esa Odil Ahmedov uchin 12 million evro taklif qilgan.

Agar bu ma'lumot tasdiqlansa, Odil Ahmedov Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylanadi.

Eslatamiz, milliy terma jamoamizda 9 raqam ostida to'p suradigan Odil Ahmedov Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogining ochilish o'yinida mezbonlar darvozasini 40 metrlik masofadan ishg'ol qilganidan so'ng Evropa va Osiyo klublaridan kelgan skautlar nazariga tushgan edi.

QO'SHIMCHA: Bugun kelgan xabarlarga ko'ra, Odil Ahmedov Rossiya klublarining biriga o'tdi. Transfer tafsilotlari bilan kun davomida tanishtirishga harakat qilamiz.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG