Линклар

logo-print
"Yosh to'lqin" tahririyatining 2011 yil 9 fevral kuni o'tkazgan tadqiqoti natijalari bugungi kunda RUnet'ning "Odnoklassniki.ru" va "Moy mir" xizmatlari O'zbekistonda eng mashhur Internetdagi ijtimoiy tarmoqlari ekanligini ko'rsatdi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, "Odnoklassniki.ru" saytida 840 056 o'zbekistonlik foydalanuvchi ro'yxatdan o'tgan, Mail.ru internet kompaniyasiga tegishli "Moy mir" xizmatida esa 623 536 o'zbekistonlik bor.

Solishtiradigan bo'lsak, bugungi kunning eng yirik Internet ijtimoiy tarmog'i bo'lmish "Facebook" saytida atigi 54 940 o'zbekistonlik foydalanuvchi bor. Bu 622 919 060 foydalanuvchisi bor Facebook saytining 0.0088% deganidir.

Facebookdagi o'zbekistonliklarning asosiy qismini (75%) 18 dan 35 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilar tashkil qiladi. Gender masalasida esa tengsizlik - 61% erkaklar, 39% ayollar.

So'ngi xabarlarga ko'ra, O'zbekistonda internet foydalanuvchilarining soni 7 millinoga yetgan. Agar shu raqamga asoslanib hisoblaydigan bo'lsak, "Odnoklassniki.ru" saytida o'zbekistonlik internet foydalanuvchilarning 12%, "Moy mir" xizmatida 9%, "Facebook" saytida esa 0.8% royxatdan o'tgan.

Tadqiqotimiz davomida mashhurligi dunyoda tobora ortib borayotgan Twitter mikroblog xizmati bo'yicha ma'lumot topa olmadik. Lekin o'z kuzatuvlarimizga asoslanadigan bo'lsak, Twitterda faol o'zbekistonliklarning soni 1000 ga ham yetmaydi.

"Odnoklassniki.ru" saytidagi o'zbekistonliklar asosan qaysi shaharlarda istiqomat qilishi bo'yicha o'tkazgan tadqiqotimiz quyidagilarni ko'rsatdi:

Jami bo'lib
- 840 056 (100%)*

Toshkent - 664 714 (79%)
Samarqand - 101 499 (12%)
Farg'ona - 58 043 (7%)
Buxoro - 27 629 (3,2%)
Qarshi - 24 797 (3%)
Andijon - 15 009 (1,7%)
Nukus - 13 427 (1,6%)

* Shaharlar bo'yicha berilgan foydalanuvchilarning soni umumiy sondan ko'pligini sababi ayrim foydalanuvchilar yashash mamalakatini O'zbekiston emas, balki boshqa mamalkat deb ko'rsatishidadir.

"Moy mir" xizmatidagi o'zbekistonliklarning asosiy qismining geografiyasi esa quyidagiday:

Jami bo'lib - 623 536 (100%)

Toshkent - 309 748 (47%)
Samarqand - 60 2010 (9.7%)
Farg'ona - 29 699 (4,8%)
Andijon - 29 549 (4,7%)
Buxoro - 25 038 (4%)
Nukus - 21 877 (3,5%)
Navoiy - 20 203 (3,2%)
Namangan - 19 677 (3,1%)
Urganch - 16 604 (2,7%)

Markaziy Osiyo mamalakatlariga solishtiradigan bo'lsak, Qozo'gizston ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Qozog'istonda yagona "Odnoklassniki.ru" sayti foydalanuchilari sonining o'zi 1 519 712.

Tadqiqotimizda "Odnoklassniki.ru", "Moy mir" va "Facebook" saytlarining bergan statistikasidan foydalandik.

Eslatib o'tamiz, yuqorida ko'rsatilgan raqamlarda faqat yashash joyini O'zbekiston va O'zbekiston shaharlarini ko'rsatgan tarmoq foydalanuvchilari inobatga olingan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG