Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:44

Ohayoda qurollangan shaxs 7 kishini o‘ldirdi


AQShning Ohayo shtatida qurollangan shaxs yetti kishi, jumladan 11 yashar qizchani o‘ldirgani xabar qilinmoqda. Shundan so‘ng u politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan.

Mahalliy WKYC-TV kanalining xabar qilishicha, otishma Ohayo shtatining shimoli-sharqida joylashgan Kopli shahrchasida ro‘y bergan.

Kopli politsiya boshlig‘i Maykl Miyer bir uyda besh kishi otib o‘ldirilgani va keyinchalik boshqa joyda yana ikki kishi o‘ldirilganini ma‘lum qildi. Otishma sabablari noaniq qolmoqda, deya qo‘shimcha qildi politsiya boshlig‘i. Lekin WKYC-TV kanaliga ko‘ra, bunga oilaviy janjal sabab bo‘lgan.

Kopli Ohayo poytaxti Klivlenddan 80 kilometr uzoqlikdagi 14 ming aholisi bor shaharchadir.
XS
SM
MD
LG