Линклар

logo-print
O‘zbekiston Islomiy Harakati Al-Qoyda yetakchisi Usama bin Ladin o‘limi yuzasidan bayonot berib, uning aynan Abbotobodda o‘ldirilganiga shubha bildirdi.

Ushbu harakatga tegishli ekani aytiladigan Furqon.com saytida berilgan bayonot matnida Usama bin Ladinning o‘ldirilgani tan olingan, ammo, may oyi avvalida aynan Pokistonning Abbotobod shahrida o‘ldirilganiga shubha bildirilgan.

“Agar amerikaliklar Usomani o‘ldira olgan bo‘lsalar ham bu na uyat va na sharmandalikdir... Shayx Usoma u o‘lsa o‘ladigan, ketsa ketadigan bir tashkilot tuzgani yo‘q”, deyiladi Furqon.com sayti chop etgan bayonotda.

Shuningdek, o‘zini ushbu harakatning noto'g‘i, deb tanishtirgan Abdul Fattoh Ahmadiyning Bin Ladin o‘limi yuzasidan audeo bayonoti ham e‘lon qilingan.

Unda O‘zbekiston Islomiy Harakati o‘z jang harakatlarini bundan buyon ham davom ettirishi aytilgan.
XS
SM
MD
LG