Линклар

So‘g‘d viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot markazi vakili Firuz Boqiyning aytishicha, qo‘lga olinganlar Tojikiston fuqarolari Ahror Atoxonov va Mansur Sobitovlardir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 48 yoshli Ahror Atoxonov 2002 yilda O‘zbekiston Islomiy harakatiga a‘zo bo‘lgani, shu yillar davomida yashirin faoliyat olib borgani va Isfaradagi qator qo‘poruvchilik amaliyotlarda qatnashganiga oid dalillar bor.

Hibsga olingan ikkinchi isfaralik - 32 yoshli Mansur Sobitov esa O‘IH a‘zolariga ko‘maklashganlik, ularga boshpana berganlik va oziq-ovqat bilan ta‘minlaganlikda ayblanmoqda.
XS
SM
MD
LG