Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:11

"O‘layapmiz qamoqlarda – bu o‘zbek modelidir"


Bu guvohnoma o‘tgan yili 37 yoshida Navoiy qamoqxonasida halok bo‘lgan toshkentlik Shavkat Alimxo‘jayevga berilgan.
Bu guvohnoma o‘tgan yili 37 yoshida Navoiy qamoqxonasida halok bo‘lgan toshkentlik Shavkat Alimxo‘jayevga berilgan.
Yaqinda Jasliq qamoqxonasidan chiqqan shoir Yusuf Jumaning bu satrlari Qurultoy eshittirishiga sarlavha bo‘ldi.

Qurultoyning navbatdagi soni o‘zbek qamoqxonalaridan kelaëtgan jasadlarning ko‘paygani va qamoqdagi qiynoqlar avj olganiga mazusiga bag‘ishlandi.

Qurultoy eshittirishida e‘tiqodi uchun 20 yilga qamalgan va mayiti 8 iyunga o‘tar kechasi Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi uyiga keltirilgan 37 yashar Abdulaziz Mirzayevning opasi Marhamat opa va onasi Tojixon ona, Qarshidagi qizil zona - Shayxali qamoqxonasining sobiq mahbusi, hozir Norvyegiyada siësiy qochqin maqomida yashaëtgan pedagog olim Abdulla Abdurazzoqov, qamoqlardan kelaëtgan jasadlar haqida ma‘lumotlarni o‘rganaëtgan inson huquqlari faoli Sur‘at Ikromov ishtirok etdi.

Huquq faollari o‘zbek qamoqxonalarida qiynoqlar sistematik tus olgani, ba‘zi hollarda u yerdagi mahbuslar qiynoq oqibatida halok bo‘layotganidan bong urib kelishadi.

XS
SM
MD
LG