Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:20

Olimjon To‘xtaoxunov: "Rus mafiyasi" haqidagi iddaolar afsona


Olimjon To‘xtaoxunov o‘zini halol qimorboz, deb hisoblaydi.
Olimjon To‘xtaoxunov o‘zini halol qimorboz, deb hisoblaydi.
AQShning uchta kuch ishlatar idorasi - Federal Tergov Byurosi (FTB), Markaziy Razvyedka Boshqarmasi (MRB) va Narkotiklarga Qarshi Kurash Boshqarmasi uch nafar rossiyalik - Doku Umarov, Semen Mogilevich va Olimjon To‘xtaoxunovlarni dunyoning eng xavfli jinoyatchilari ro‘yxatiga kiritdi. Mazkur idoralar e‘lon qilgan ro‘yxatlar asosida Forbes jurnali o‘zining “Qidiruvdagi eng xavfli jinoyatchilar ro‘yxatini” tuzdi. Forbes reytingiga tushgan, "Tayvanchik" laqabi bilan tanilgan asli o‘zbekistonlik Olimjon To‘xtaoxunov Ozodlikka intervyu berdi.

Forbes jurnalining "Qidiruvdagi eng xavfli jinoyatchilar ro‘yxati"ga chechenistonlik terrorchi Doku Umarov, to‘rtta mamlakatida qidiruvda bo‘lgan tadbirkor Semen Mogilevich va asli toshkentlik tadbirkor, jinoyat olamida "Tayvanchik" laqabi bilan tanilgan Olimjon To‘xtaoxunovlar kiritilgan. Mazkur reyting turli davlatlar kuchishlatar idoralari bilan maslahatlashuvlar natijasida tuzilgani aytilmoqda.

Masalan, Forbes reytingida 7-o‘rinni egallagan Olimjon To‘xtaxunovga AQShda narkotik, qurol-yaroq va o‘g‘irlangan avtomobillar bilan savdo qilganlik ayblovlari asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U shuningdek, go‘zallik tanlovlari va Olimpiya o‘yinlari kabi turli tadbirlarda hakamlar hay‘atiga pora berishga uringanlikda ayblanmoqda.

Bu ayblovlarga qaramasdan, 2003 yilda Italiya o‘z hududida hibsga olingan To‘xtaoxunovni AQShga ekstraditsiya qilish sro‘rovini rad etgan edi.

Ozodlik bilan suhbatda “qidiruvdagi eng xavfli jinoyatchi”lardan biri, Rossiyada ma‘lum doiralarda “Tayvanchik” laqabi bilan tanilgan asli o‘zbekistonlik Olimjon To‘xtaoxunov AQSh rasmiylari ilgari surgan ayblovlarni asossiz, deb atadi.

- Rossiyada uyushgan jinoyatchilik paydo bo‘layotgan paytda men umuman Rossiyada bo‘lmaganman. Bu gaplarni jurnalist hamkasblaringiz tarqatmoqda. Horijda men mahalliy qonunlarga bo‘ysunmasdan yashaganim uchun mafiozi, deb atashgan. Men buni atayin qilmaganman: shunchaki mahalliy qonunlarni yaxshi bilmaganman. Jinoyatlarim ham maishiy bo‘lgan: masalan, bilmasdan soliq to‘lamaganman, yoki kerak paytda mamlakatdan chiqib ketish esimdan chiqib qolgan... Hech qanday faktlarsiz meni barcha kompyuterlarga kiritishdi, vaholanki men birorta jinoyat ustida yoki mafiya guruhlari bilan ushlanmaganman, deya taajublanadi Olimjon To‘xtaxunov.

Олимжон Тўхтаохунов (Тайванчик) билан суҳбат 1-қисм
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:31 0:00
Бевосита линк



U dastlab huquq-tartibot idoralari nazariga 2002 yilda AQShning Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkazilgan Qishki Olimpiya o‘yinlari paytida tushgan. O‘shanda To‘xtaoxunov figurali uchish bo‘yicha hakamlarga pora berishda ayblanib, “rus mafiyachisi”ga aylanib qolganini aytadi. “Rus mafiyasi haqidagi afsonalar mahalliy huquq tartibot organlari uchun qo‘shimcha daromad olish manbayiga aylandi”, deydi u.

- Oltin medalni sotib olish mumkin emas, ayniqsa figurali uchishda. Men kimgadir “Biznikilar g‘olib chiqishiga ishonchim komil”, degan edim. Mening medal sotib olishimga shu asos bo‘la oladimi? Kimdir menga telefonda faqat to‘g‘ri gapni gapirishni tavsiya qilgan edi va men chet elda doimo ochiqchasiga gaplashishga harakat qilganman.

Lekin ular meni telefonlarimni eshitib, boshqacha xulosa chiqarishar ekan. Masalan, men Rimda kasal bo‘lib qoldim. Toshkentdan osh, kishmish va Toshkent anorlarini jo‘natishni taklif qilishdi. Prokuror menga savol beryapti: “Italiyada bombani nima qilasiz?” Ma‘lum bo‘lishicha, ular ruscha “granat” (anor-tahr.) so‘zini shunday tarjima qilishibdi! “Kishmish”ni esa “gashish“ deb tarjima qilishibdi. Natijada, meni narkotik va qurol-yaroq savdosida ayblashdi,- deydi Olimjon To‘xtaxunov.

Hozirda Olimjon To‘xtaoxunov Moskvadagi “Otechestvyennыy futbolnыy fond” jamg‘armasini boshqaradi, ungacha esa Moskvadagi eng yirik hisoblangan “Metropol”, “Yevropa” va “Aziya” kazinolariga egalik qilgani ma‘lum.

- Men anchadan buyon biznes va homiylik bilan shug‘ullanib kelaman. Moliyaviy inqiroz tufayli unisi ham, bunisi ham kamaydi. Men shuningdek “Otechestvyennыy futbol” va “Sport i moda” degan ikkita jurnal chiqaraman. Yaqinda mening ishtirokimda “MUR” filmi ekranlarga chiqadi. Ikkita kitob yozganman... Menda bir nechta kazinolarim bor edi.

Kazinolar ta‘qiqlanganidan keyin men bu biznesdan ketdim. Hozir nimadir sotib olyapman, nimalarnidir sotyapman. 1989 yilga qadar men professional qimorboz bo‘lganman. Biz pulga o‘ynaganmiz, hech kimni laqqilatmaganmiz... Biznes bilan shug‘ullanadiganlardan jirkanar edik, ammo hayot majburladi – horijga chiqib, o‘zim biznes qilishni o‘rgandim,- deya eslaydi To‘xtaoxunov.

U ayrim ommaviy axborot vositalari bilan uyushgan jinoyatchilikka aloqadorlikda ayblaganlari uchun sudlashganini esladi. Hatto Fransiyaning eng nufuzli nashrlaridan biri - Le Monde - sud qaroriga ko‘ra, To‘xtaoxunovdan kechirim so‘ragan.

Олимжон Тўхтаохунов (Тайванчик) билан суҳбат 2-қисм
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:14 0:00
Бевосита линк


Olimjon To‘xtaoxunov Rossiya prokuraturasiga mazkur ayblovlarni rad etib murojaat qilishdan naf yo‘qligini gapiradi.

- Ular o‘z mamlakatlarida tartib o‘rnata olamaydiyu. Men bilan, ishlarim bilan shug‘ullanadi, deb o‘ylaysizmi?! Rossiyalik jurnalistlar yozayotgan mayda-chuyda gaplarga e‘tibor bermaslikka harakat qilaman: ancha vaqt va asab yo‘qotaman, xolos. Mening qizim – Katta teatr balerinasi, kinoga tushadi, Uchinchi kanalda “Bizning sevimli hayvonlarimiz” ko‘rsatuvini olib boradi. O‘g‘lim yurist. Men biznesmen – o‘zimga-o‘zim ish topaman. Qolavyersa, o‘z hayotimdan mamnunman,- deydi Olimjon To‘xtaxunov.

Ozodlik uyushgan jinoyatchilik bo‘yicha yirik mutaxassis, amerikalik professor Luiz Shelliga “rus mafiyasi”ning qiyofasini tasvirlab berishni so‘rab murojaat qildi. Uning fikricha, zamonaviy rus mafiyasi sobiq Sovyet Ittifoqi mamlakatlari fuqarolaridan iboratdir.

- Rossiyada har qaysi yirik biznes, jumladan oligarxlar va o‘rta sinf vakillari, uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq. Horijdagi rus mafiyasi boshidanoq moliya, bank va ko‘chmas mulk sohasini qo‘lga olgan. Lekin ta‘kidlash joyizki, hech qaysi uyushgan jinoyatchilik guruhi korrupsiyalashgan amaldorsiz ish yuritolmaydi, deydi Shelli xonim.

AQShlik professor so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib “rus mafiyasi” jahon xavfsizlik tizimi, jumladan Qo‘shma Shtatlarga jiddiy xavf tug‘dirayotgani yo‘q.

- Rossiya uyushgan jinoyatchiligi turli mamlakatlarning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan va o‘z iyerarxiyasiga ega bo‘lmagan tarmoqdir. Uning gullab yashnashi davri Sovyet Ittifoqining parchalanishi davriga mos keldi. Shu sababli uyushgan jinoyatchilik parchalangan sho‘rolar mintaqasining yangi qiyofasini tashkil etgan kuchga aylandi. Lekin hozirda AQSh uchun rus uyushgan jinoyatchiligi Lotin Amerika mafiyasi kabi unchalik xavfli emas,- deydi professor Luiz Shelli.
XS
SM
MD
LG