Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:25

Jonlanib qolgan O‘zTV ko‘rsatuvidan so‘ng “Alifbe” janjali” chiqdi


“Alifbe” janjali” 13 fevralda “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Munosabat” ko‘rsatuvida psixologiya fanlari nomzodi Mahmudjon Yo‘ldoshev “Alifbe” darsligida 16 ta xatoga yo‘l qo‘yilganligini aytib o‘tganidan so‘ng boshlandi.

Ko‘rsatuv efirga uzatilganidan bir kun o‘tib ba’zi mahalliy WEB-nashrlarda “Alifbe” mualliflaridan biri, pedagogika fanlari doktori, professor Rohat Safarovaning raddiya xati e’lon qilindi.

“...darslik chop etilgunga qadar bir necha bosqichda ekspertizadan o‘tadi. Biz mualliflar yil davomida Respublikamiz viloyatlarida o‘qituvchilar bilan uchrashib, ularning darslik haqidagi fikr-mulohazalarini o‘rganamiz. Shu asosda darslikni takomillashtiramiz”, deb yozdi “Alifbe” muallifi.

Rohat Safarovaning yozishicha, u Mahmudjon Yo‘ldoshevga qo‘ng‘iroq qilib, qanday xatolar haqida gapirayotganligini so‘ragan, lekin Yo‘ldoshevdan rad javobini olgan.

“...u kishi menga ularni (xatolarni – tahr.) aytmasliklarini, bundan bir necha yil oldin nabiralari o‘qigan davrda shu xatolarni ko‘rganliklarini aytib o‘tdilar”, deb yozdi professor Rohat Safarova.

Gap qanday xatolar ustida ketayotganini Mahmudjon Yo‘ldoshev balki OzodNazarga aytar, deb u kishini suhbatga chorladik.

Ha, aytgancha, O‘zTVning jonlanib qolgani to‘g‘risida ham so‘z bo‘ldi suhbatning ikkinchi qismida.

Маҳмуджон Йўлдошевнинг OzodNazarи:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:02 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG