Линклар

logo-print
Oliy liganing 8-chi tur o'yinlari o'z yakuniga yetdi. Liga birinchiliga o'zgarishlar bo'lgani yo'q.

7-chi turda birinchilikni qo'lga olgan "Bunyodkor" 8-chi turda "Qizilqum" ustidan yirik g'alaba qozonib, hali ham yetakchilik qilib kelmoqda. Ikkinchi o'rinda so'ngi turda "Mash'al" ustidan g'alaba qozongan "Nasaf" jamoasi. Uchinchi o'rinda esa "Navbahor"ni dog'da qoldirgan "Paxtakor" klubi kelmoqda.

8-tur kutilgan va kutilmagan natijalarga boy bo'ldi. Liga yetakchi klublarining 8-chi turda raqiblari ustidan qo'li baland kelishi oldindan mutahassislar tarafidan bashorat qilib kelinayotgan edi. Lekin Buxoroning "Buxoro" jamoasi safarda yana bir bor mag'lubiyatga uchrashi ko'pchilik uchun kutilmagan hol bo'ldi. OFK Kubogi guruh o'yinlaridan nimchorak finalga chiqgan "Sho'rtan' esa kutilmaganda "Andijon" klubiga 3:0 hisobi bilan mag'lub bo'ldi.

Oliy liga 8-tur o'yinlari natijalari:

12 may
Olmatiq - Metallurg 4:1
Gollar: S. Usmonxojaev '67, M. Mamazulunov '80 (pen.), I. Ergashev '85, Z. Pirimov '90+2, G. Halimtoyev '87 (Met.)

14 may
So'g'diyona - Buxoro 2:1
Gollar: Arturas Fomenko '45, Suhrob Qobilov '56, Giorgi Jvisieshvili '56 (Bux.)

Neftchi - Dinamo 1:0
Gollar: M. Saidov '60

15 may
Qizilqum - Bunyodkor 1:4
Gol: Koshelev '47 (Qiz.), A. Soliyev '35, M. Trifunovich '67, '80, K. Murzoyev '90

Paxtakor - Navbahor 2:1
Gollar: T. Abduholiqov '29, Dushan Savich '36, Otabek Valijonov '32 (Nav.)

Nasaf - Mash'al 2:0
Gollar: A. Gevorkyan '45+2, N. Otaqo'ziyev '56

16 may
Andijon - Sho'rtan 3:0
Gollar: M. Umrzoqov '37, I. Otaxonov '47, O. Qilishev '73

Oliy Liganing bugungi ko'rinishi:

Jamoalaro'yinochko
1Bunyodkor822
2Nasaf820
3Paxtakor819
4Buxoro812
5Andijon811
6Olmaliq811
7Neftchi811
8Mash'al89
9Navbahor89
10Metallurg88
11Qizilqum86
12So'g'diyona85
13Sho'rtan85
14Dinamo84
XS
SM
MD
LG