Линклар

Olmaota shahar sudi to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosiga boshpana bermaslik haqidagi avvalgi sud qarorini o‘z kuchida qoldirdi.

Ular terrorizm va diniy ekstremizmga aloqadorlik aybi bilan O‘zbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan qidirilmoqda.

Sud Oybek Qo‘ldoshev, Qobiljon Qurbonov, Baxriddin Nurillayev va Baxtiyor Nurillayevlar Qozog‘iston hududida qola olmasligini bildirdi.

Hozir ular qochqinlik maqomi berilishini so‘rab murojaat qilgan o‘zbekistonlik boshqa 25 shaxs bilan birga Olmaota shahridagi vaqtinchalik saqlash markazlarida saqlanmoqda.
XS
SM
MD
LG