Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:13

Olmaotadagi qamoqxonada mahbuslar isyoni bostirildi


Kecha Qozog‘iston rasmiylari Olmaotadagi qamoqxonada mahbuslar norozilik ko‘targani haqidagi xabarlarni tasdiqladi.

Ammo, qamoqxonaga maxsus qo‘shinlar guruhi kiritilgani haqidagi xabarlar rad etildi.

Qozog‘istonlik taniqli huquq faoli Vadim Kuramshin OITV yuqqan bir necha mahbus juma kuni qamoqxona xodimlariga qarshi isyon ko‘targani va “OITV yuqqan mahbuslarga nisbatan yaxshi tibbiy muolaja va mahbuslarga yaxshi ovqat berilishini” talab qilganini xabar qilgan edi.

Huquq faoliga ko‘ra, bu talablarni yetkazish maqsadida Qozog‘iston Jazoni ijro etish boshqarmasi mutasaddilari bilan uchrashishni talab qilgan isyonchi mahbuslarni tinchitish uchun qamoqxonaga maxsus qo‘shin tezkor guruhi kiritilgan.

Shuningdek, isyon chog‘ida mahbuslardan biri o‘z joniga qasd qilishga ham uringan.

Bu xabarlarni qisman tasdiqlagan Qozog‘iston Jazoni ijro etish boshqarmasi rasmiysi Irina Yakubova Ozodlik bilan suhbatda mahbuslardan ikki nafari o‘z joniga qasd qilishga uringani, ammo jiddiy jarohat olmagani hamda qamoqxonaga hech qanday qo‘shin kiritilmagani haqida so‘zladi.

Rasmiylarga ko‘ra, hozir qamoqxona tinch va normal ishlamoqda.
XS
SM
MD
LG