Линклар

logo-print
Oltinning jahon bozoridagi narxi qisqa muddatga misli ko‘rilmagan 1800 AQSh dollariga ko‘tarildi. Chorshanba kuni Nyu York birjasidagi savdolarda oltin uchun fyuchers shartnomalarida uning narxi 1801 AQSh dollariga chiqdi, lekin savdo kunining oxiriga borib 1784 dollar darajasida to‘xtadi.

Keyingi to‘rt kun ichida oltin narxi sakkiz foizga qimmatladi. Bunga AQSh kredit reytingi pasaygani va Yevropadagi davlat qarzlari bilan bog‘liq bo‘hron bois jahon bozorida sarosimaning avj olishi sabab bo‘ldi.

Chorshanba kuni Nyu York birjasidagi asosiy ko‘rsatkich Dow Jones 4,6 fozga tushib ketdi. Undan avval Yevropada Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya va Shvyeysariyadagi birjalarda ham aksiyalar pastga sho‘ng‘idi.

Yevropa birjalaridagi muammolarga Fransiya kredit reytingi AAA maqomini yo‘qotishi mumkinligiga oid gap-so‘zlar sabab bo‘lgani aytilmoqda. Lekin reyting agentliklari Fransiya banklaridagi muammolarga qaramasdan, bu mamlakat reytingini eng yuqori pog‘onada qoldirdi.
XS
SM
MD
LG