Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:05

Oq Uy Yamanda hokimiyat almashinuviga chaqirmoqda


Yamanda prezident Solih jarohatlanib, Saudiya Arabistoniga davolanish uchun ketganidan so‘ng AQSh ma‘muriyati bu davlatda zudlik bilan hokimiyat almashinuvini amalga oshirishga chaqirmoqda.

Ali Abdulloh Solih o‘tgan juma kuni o‘z qarorgohiga qilingan hujum chog‘ida jarohatlangan va davolanish uchun Saudiya Arabistoniga ketgan edi.

33 yildan ortiq hokimiyatda o‘tirgan Solihning ketishi talab qilingan namoyishlar bir necha haftadan buyon davom etmoqda.

O‘shandan beri tinch namoyishlar qurolli nizoga aylanib ketdi.

Oq Uy matbuot vakili Jey Karni ayni kezda hokimiyat almashinuvi Yaman xalqi manfaati uchun eng muvofiq yo‘l, deya bayonot berdi.
XS
SM
MD
LG