Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:58

Oqgul Omonmurodova Venus Uilyamsga qarshi kortga tushadi


Oqgul Omonmurodova Rolan Garos musobaqasida. Parij, 2010.
Oqgul Omonmurodova Rolan Garos musobaqasida. Parij, 2010.
Bugun toshkentlik tennischi Oqgul Omonmurodova 2011 yilgi nufuzli Uimbldon bellashuvining ochilish o'yinida taniqli amerikalik tennischi Venus Uilyamsga qarshi kortga tushadi.

2000 yildan beri professional tennisda faoliyat yuritib kelayotgan o'zbekistonlik 27 yoshli Oqgul Omonmurodova ayni damda Ayollar Tennis Assotsiatsiyasi (WTA) reytingi bo'yicha dunyoda 97-o'rinda. Uning bugungi raqibi Venus Uilyamsning esa tajribasi ancha katta. Venus Uilyams professional tennisga 1994 yili kirib kelgan va shu kungacha bir qator yirik musobaqalarda, jumladan Uimbldon turnirida besh marotaba g'alaba qozongan. Venus Uilyams WTA reytingida 30-o'rinda.

Mutahassislarning Uilyams g'alabasi haqida qilgan bashoratlariga qaramasdan, "Yosh to'lqin" tahririyati bugungi o'yinida Oqgul Omonmurodovaga omad tilab qoladi.

Eslatamiz, Londonda o'tadigan Uimbldon musobaqasi tennis olamida eng nufuzi baland to'rt Katta Dubulg'a musobaqalarining eng yoshi ulug'idir. Musobaqaning 2011 yilgi umumiy mukofot fondi 14 million 600 ming funt sterlingni tashkil etadi.

Yangilandi (21.06.2011): Ikki set davom etgan uchrashuv Venus Uilyamsning g'alabasi bilan yakunlandi. Hisob 6:3, 6:1.
XS
SM
MD
LG