Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:41

O‘sh qirg‘inidan keyin tuzilgan ikki tashkilot birlashdi


Bryusseldagi tashkilot o‘tgan yil iyunda O‘shda haykali buzilgan alloma Alisher Navoiy nomiga qo‘yilgan.
Bryusseldagi tashkilot o‘tgan yil iyunda O‘shda haykali buzilgan alloma Alisher Navoiy nomiga qo‘yilgan.
2010 yil iyun fojiasidan keyin tuzilgan ikki tashkilot - Toshkentdagi “O‘sh tashabbusi guruhi” hamda Yevropada tuzilgan Xalqaro "Alisher Navoiy instituti" tashkiloti birlashdi.

O‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik inson huquqlari himoyachilari o‘tgan yilning oktabr oyida Toshkentda tuzgan "O‘sh tashabbusi guruhi" Xalqaro "Alisher Navoiy instituti"ga qo‘shilib, bundan keyin ayni nom ostida faoliyat yuritadi.

“O‘sh tashabbusi guruhi”ning muvofiqlashtiruvchisi o‘zbekistonlik inson huquqlari himoyachisi Suhrob Ismoilov Ozodlik bilan suhbatda ikki tashkilotning maqsadlari uyg‘un bo‘lgani bois birlashishga qaror qilindi, deydi.

- Kuni kecha “O‘sh tashabbusi” tashkiloti Belgiyada ro‘yxatdan o‘tgan “Alisher Navoiy instituti” tashkiloti bilan qo‘shilishga hamda bundan keyingi faoliyatini mana shu institut doirasida davom ettirishga qaror qildi. Xabaringiz borki, O‘sh tashabbusi o‘tgan yil oktabr oyida bir guruh qirg‘izistonlik hamda o‘zbekistonlik fuqarolik jamiyati vakillari tarafidan iyun oyida sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruvga yordam berish maqsadida tuzilgan edi.

O‘zining qariyb bir yillik faoliyati doirasida tashabbus o‘tgan yilgi Qirg‘iziston voqealari bo‘yicha muqobil hisobot tayyorlashga hamda 10dan ortiq tahliliy hujjatlar tayyorlashga hamda Toshkentda ikkita xalqaro tashkilotlar va diplomatik vakillar uchun brifing o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

Maqsdalarimiz bir-biriga yaqin bo‘lganligi uchun hamda bir yil davomida biz bilan hamkor bo‘lib ishlagan "Alisher Navoiy instituti" bilan qo‘shilib, bundan bu yog‘iga birgalikda ishlashga qaror berdik. Hozirgi paytda mana shu qadamga olib kelgan maqsadlardan yana biri mintaqaning o‘zida millatlararo tolerantlik yaratishga yordam beradigan mahalliy ekspertlardan iborat tashkilotga aylantirmoqchimiz Alisher Navoiy institutini.

Ozodlik: Demak, O‘sh tashabbusi guruhi "Alisher Navoiy instituti"ga qo‘shildi va endi ana shu nom ostida ish yuritadi?

- Albatta. O‘zimizning keyingi faoliyatimizni mana shu institut nomi ostida olib bormoqchimiz.

Ozodlik: Bu yaqin orada biror-bir katta reja bormi?

- Albatta bor. Biz hozirgi kunda Qirg‘izistondagi voqealarni tekshiruv bo‘yicha xalqaro komissiyaning hisobotida bir punktida aytiladiki, shu hisobotdagi tavsiyalarni bajarish bo‘yicha Qirg‘iziston hukumati o‘zining birlamchi hisobotini hisobot e‘lon qilinganidan keyin olti oydan so‘ng berishi kerak deyilgan joyi bor.

Mana shunga nisbatan biz ham hozirgi kunda xalqaro komissiyaning hisobotlari ichidan bizning nazarimizda to‘rtta eng muhimini tanlab oldik. Ana shularning bajarilishini mustaqil o‘rganish yo kuzatishni boshladik. Xudo xohlasa olti oy ichida biz ham Alisher Navoiy instituti nomidan o‘zimizning mustaqil hisobotimizni topshirmoqchimiz.

Bundan tashqari bir ikki oydan beri mana shu institut bilan hamkorlikda, bu yog‘ida ishlarimiz institut nomidan ketadigan bo‘lgandan keyin, o‘sha institut nomidan hujjatli film olishni boshladik. Markaziy Osiyoda va xususan o‘tgan yil Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan millatlararo mojarolar bo‘yicha. Bu filmda biz faqatgina voqealarning qanday kechganini hikoya qilib qolmaymiz. Chunki bu narsa ko‘pchilik tarafidan aytib o‘tildi.

Bu filmda biz ko‘proq Markaziy Osiyo mintaqasida millatlararo mojarolarning xavfi qanaqa va mana shunaqa holatlar sodir bo‘lganda nimalarga e‘tibor berish kerak, qanday oldini olish mumkin, mana shu bo‘yida shu sohada tanilgan va ish yuritgan ekspertlardan fikr olgan holda hujjatli film yaratmoqchimiz. Bu filmimiz kelajakda foyda bo‘lsin. Bu bugungi kunda davom etayotgan ikkinchi loyihamiz.
XS
SM
MD
LG