Линклар

logo-print
O‘shda iyun voqealarida halok bo‘lganlar xotirasiga yodgorlik obidasi o‘rnatiladi. Bu borada Ozodlikka O‘sh shahar hokimiyati matbuot kotibi Guljan Ajimatova ma‘lum qildi.

- Iyun voqealarining bir yilligi munosabati bilan O‘sh shahar meriyasi tashabbusi bilan O‘shda “Onaning ko‘z yoshi” deb nomlangan maxsus yodgorlik obidasi o‘rnatilayapti. Hozirda yodgorlikni o‘rnatish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilayapti. Yodgorlik obidasining bir tomonida qirg‘iz ikkinchi tomonidan o‘zbek onalari “qayg‘umiz bir” deganday bir-birini quchoqlab turgani aks etadi, - dedi Guljan Ajimatova.

O‘sh shahar hokimiyati matbuot kotibi so‘zlariga ko‘ra, yodgorlik tarxi shahar hokimiyati tomonidan moliyalashtiriladi va u hokimiyat binosi oldidagi “Mangu olov” yodgorligi yaqinidagi xiyobonda o‘rnatiladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG