Линклар

logo-print
O‘sh shahar meriyasida 18 may kuni o‘tgan shahar faollari yig‘ilishida “Shaqollar davri” kitobi va disklari yondirildi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, yig‘ilishda 700 dan ziyod shahar faollari ishtirok etgan va yig‘ilishda shaharda vaziyat barqaror ekani, “Shaqollar davri” kitobi va disklari esa O‘shdagi barqarorlikni yana izdan chiqarishga qaratilgan qora kuchlar tomonidan moliyalashtirilgani qayd etilgan.

Yig‘ilishga O‘sh shahar meri Melis Mirzaqmatov raislik qilgan.

“Shaqollar davri” kitobi va vido disklari paydo bo‘lgani haqida Qirg‘izistonda bir oy muqaddam xabar tarqatilgan edi. O‘sha paytda qirg‘iz parlamenti deputatlari bu kitob va disklar Qirg‘izistonda millatlararo nizoni yanada kuchaytirishi mumkinligidan tashvish bildirgandilar. Ayrim deputatlar esa 400 ming nusxada chop etilgan mazkur kitob Qirg‘izistondan qochib ketgan o‘zbek liderlari tomonidan moliyalashtirilgani va Finlandiyada nashr etilganini iddao qilganlar.

Bishkek sudi “Shaqollar davri” kitobini Qirg‘izistonda tarqatilishini ta‘qiqlagan.
XS
SM
MD
LG