Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:03

O‘shda tashiyevchilar jurnalistlarni kaltakladi


Kecha O‘shda NTS telekanalining uch xodimi kaltaklandi. Bu haqda respublikadagi axborot agentliklari telekanal muxbiri Chinara Sidikovadan olingan ma‘lumotga tayanib xabar qildi.

Voqea Qirg‘iziston parlamenti deputati Qamchi Tashiyevning tarafdorlari shaharning markaziy maydonida o‘tkazayotgan miting davomida ro‘y berdi.

Mitingchilar NTS jurnalistlari Chinara Sidikova, Ayjan Ismailova hamda tasvirchi Vladimir Bezborodovlarni mitingni noto‘g‘ri yoritayotganlikda ayblab kaltaklay boshlagan.

Jurnalistlar yarim soat davomida mitingchilar qurshovidan chiqolmagan. Militsiya xodimlari, Chinara Sidikovaga ko‘ra, kaltaklanayotganlarga yordamga kelmagan – bir chetda loqayd qarab turavyergan.
XS
SM
MD
LG