Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:00

O‘shda yana ikki o‘shlik so‘roqqa tortildi


O‘sh qirg‘inini tergov qilgan xalqaro komissiyaga ko‘ra, zo‘ravonlik qurbonlari va undan keyin hibsga olinganlarning aksar ko‘pchiligi o‘zbeklardir.
O‘sh qirg‘inini tergov qilgan xalqaro komissiyaga ko‘ra, zo‘ravonlik qurbonlari va undan keyin hibsga olinganlarning aksar ko‘pchiligi o‘zbeklardir.
O‘sh qirg‘inidan bir yildan ortiqroq vaqt o‘tganiga qaramasadan o‘shlik o‘zbeklarni asossiz hibsga olish davom etmoqda.

O‘shning Uvom ko‘chasi o‘tgan yilgi voqealar payti yonib kultepaga aylangan mahallalardan biri. Mana bir yildirki, bu mahallada ham o‘zbeklarni asossiz hibsga olish, qiynoqlarni qo‘llash to‘xtagani yo‘q.

30 iyun kuni Uvom mahallasida yashovchi Rashid Soliboyev Qorasuv bozorida savdo qilayotgan joyida huquq-tartibot xodimlari tomonidan olib ketildi.

- Ishlayotgan joyimdan, “o‘tiring, o‘g‘irlangan telefon masalasida gaplashadigan gapimiz bor” dedi va olib ketdi. XBKning melisaxonasiga olib bordi. Ariza ishi bo‘yicha olib borgani yo‘q. Olib borib, mening mahallamda yashovchi odamlarning qayerdaligini so‘radi. Bilganlarimni aytdim. Menga qo‘polroq muomalada bo‘ldi, lekin kuch ishlatishgani yo‘q. 10 iyundan 13 iyungacha qayerda bo‘lganligim haqida tushuntirish xati yozib berdim, deydi Rashid Soliboyev.

Bir necha soat o‘tib, Rashid Soliboyevning mahalladoshi Ravshan Kenjaboyev ham uyidan olib ketiladi. Tunga yaqin ikki uvomlik uyiga qo‘yib yuboriladi.

O‘sh ichki ishlar boshqarmasining matbuot xizmati vakili Zamir Sidiqov yigitlarning olib ketilgani qonun doirasidan chiqmaydi deydi:

- Millatidan qat‘iy nazar, agar u biror bir jinoyatga aloqador bo‘lsa ushlashadi. Agar biror bir shaxs haqida ko‘rsatma bo‘lsa, huquq-tartibot xodimi o‘sha shaxsni olib kelib, so‘roq qilishi mumkin. Bu hibsga olish degani emas, deydi u.

So‘roq paytida qiynoqlar qo‘llanilyaptimi, degan savolimizga O‘sh ichki ishlar boshqarmasi matbuot vakili bunday javob berdi:

- Balkim bo‘layotgandir. Men buni ehtimoldan soqit qilmayman. Bu javobimda men butun ichki ishlar organi tizimini nazarda tutmoqdaman. Axir besh barmoq bir xil emas. Lekin ko‘p holatlarda bizda qiynoqlar qo‘llanilmaydi. Men shaxsan qiynoqlar qo‘llanlgani guvohi bo‘lmaganman, deydi Zamir Sidiqov.

O‘sh tergov hibsxonalarida bir necha soat ba‘zi hollarda bir necha kun qolib ketgan o‘shlik o‘zbeklar Ozodlik bilan suhbatda so‘roqlar paytida qo‘llaniladigan qiynoqlar haqida gapirib berishgan.

Erkaklarning boshiga polietilen paket kiydirib nafasini qaytarish, badanida izi qolmaydigan qilib kaltaklash, jinsiy a‘zolariga tepish bunday qiynoq turlaridandir.

O‘shlik o‘zbeklar mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan qiynoqlar qo‘llanishi to‘g‘risida ariza yozishni istamaydi. Ular shikoyat qilsa, qiynoq va tazyiqlar nafaqat o‘zlariga, balki oila a‘zolariga ham qo‘llanishidan qo‘rqishlarini aytadi.

O‘shda o‘zbeklarga nisbatan ta‘qiblar davom etayotganiga oid vaziyatni mahalliy va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari monitoring qilayotgani aytiladi. Biroq halqaro tashkilotlarning O‘shdagi vakillari bu borada axborot berishdan tiyilmoqda.

O‘sh ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati esa "jinoyatlar sodir etilarkan, odamlarni olib ketib, so‘roqqa tutish davom etadi" demoqda.
XS
SM
MD
LG