Линклар

“Interbilim” tashkiloti o‘tkazgan monitroning xulosasida aytilishicha, O‘shdagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda.

O‘sh va Jalolobod viloyatlarida aholi orasida 2010 yilgi iyun voqealari takrorlanishi mumkin degan vahima mavjud. Bu vahimaga shu kunlarda Qirg‘izistonning janubiy hududlarida noma‘lum shaxslar tomonidan tarqatilayotgan mish-mishlar sabab bo‘lmoqda.

Ayni paytda, "Interbilim" tashkilotiga ko‘ra, aholi hukumat va huquq-tartibot tuzilmalariga ishonmaydi. Bundan tashqari o‘shlik o‘zbeklar 2010 yil iyun qirg‘ini paytida olgan jarohatlari bezovta qilsa, kasalxonlarga murojaat qilishdan ham qo‘rqadilar.

- Masalan, etnik o‘zbeklar olgan jarohatlari tufayli kasalxonalarga murojaat qila olmaydilar. Chunki ular kasalxonalarga murojaat qilsalar, huquq-tartibot tuzilmalari ularni sen iyun qirg‘inida odam o‘ldirgansan, degan asossiz ayblov bilan qamoqqa olib ketishmoqda,- dedi Ozodlikka "Interbilim" tashkiloti rasmiysi Gulgaaki Mamasaliyeva.
XS
SM
MD
LG