Линклар

logo-print
Qozog‘iston poytaxti Ostonada iqtidordagi "Nur Otan" partiyasi qabulxonasida 20 iyun kuni o‘zini yoqib yuborgan ayol bugun qattiq kuyish oqibatida olamdan o‘tdi.
"Farzandining narkotik moddalar saqlagani uchun 10 yilga qamalganidan norozi bu ayol bugun tunda kasalxonada jon berdi", - dedi Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Qosimov.
Xabarlarga ko‘ra, o‘ziga o‘t qo‘yishi natijasida ayol tanasining 95 foizi kuyib ketgan. Ayolning ismi va yoshi jamoatchilikka ochiqlanmadi.
Bo‘lib o‘tgan hodisa yuzasidan "Nur Otan" partiyasidan ham munosabat bo‘lmadi.
2009 yilgi saylovda "Nur Otan" partiyasi Qozoq parlamenti quyi palatasidagi barcha deputatlik o‘rinlarini egallagan edi.
Mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev rasman "Nur Otan"ning raisi hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG