Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:36

Ostonada prezident partiyasi binosida bir ayol o‘ziga o‘t qo‘ydi


Ostona shahrida “Nur Otan” partiyasi binosida 50 yoshli ayol o‘ziga o‘t qo‘ydi.

Interfaks agentligi xabariga ko‘ra, shaxsiga oid ma‘lumotlar oshkor qilinmayotgan bu ayol o‘g‘liga nisbatan sud qarorini adolatsiz deb hisoblab, bunga norozilik tarzida iqtidordagi partiya binosida o‘ziga o‘t qo‘ygan.

Agentlikka so‘zlagan manba ayol o‘g‘lining 10 yilga ozodlikdan mahrum qilinganini adolatsiz qaror, deb hisoblashini aytgan va o‘ziga benzin quyib, olov yoqib yuborgan.

Xabarlarda ayol terisining 95 foizi kuygani va u o‘ta og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG