Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:54

Ostonadagi portlash terrorchilik akti emas, deyilmoqda


Ostona shahridagi MXQ Vaqtinchalik tergov izolyatori bo‘lgan mana shu bino yonida avtomobil portladi.
Ostona shahridagi MXQ Vaqtinchalik tergov izolyatori bo‘lgan mana shu bino yonida avtomobil portladi.
Qozog‘istonning Ostona shahrida sodir bo‘lgan portlashda ikki kishi – qirg‘izistonlik va qozog‘istonlik shaxs o‘lgani xabar qilinmoqda.

Qozog‘iston IIV tarqatgan xabarnomaga ko‘ra, Ostona shahar Milliy xavfsizlik xizmati binosi yonida sodir bo‘lgan portlashdan qurbon bo‘lganlardan biri avval sudlangan shaxsdir.

Hodisa joyida o‘tkazilgan dastlabki tekshiruv natijasida xavfsizlik xizmati binosidan sal naridagi bo‘shroq hududda to‘xtab turgan Audi rusumidagi avtomobil portlashiga qoplama va shikastlovchi qismlar – bolt, gayka hamda mixsiz bo‘lgan moslamaning portlashi sabab bo‘lgan.

Avtomobil portlashi natijasida boshqa hech kimga zarar yetmagan.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi rahbari Xalmuhambed Qasimov vazirlik tarqatgan ma‘lumotlarga oydinlik kiritar ekan, Ostonada sodir bo‘lgan portlash terrorchilik xuruji emas, deb bayonot berdi.

Vazirlik rahbariga ko‘ra, voqea joyida o‘lgan shaxslarning birorta ekstremistik yohud diniy tashiklotga aloqasi borligi ham aniqlanmagan.

Qasimovga ko‘ra, Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan avtomobil egasi kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi oddiy fuqaro bo‘lgan.

Eslatamiz, Ostona shahridagi portlash bugun tongda shahar Milliy xavfsizlik xizmatining Vaqtinchalik tergov izolyatori yaqinida sodir bo‘ldi.

Bunga qadar o‘tgan hafta mamlakat shimoli-g‘arbidagi Oqto‘be shahrida hudkush hujumchi o‘zini portlatgan va uning yaqinidagi ikki kishini jarohatlagan edi.

Prokuratura xudkush hujumchi 25 yoshlar atrofidagi jinoyatchi ekani va uning hatti-harakati terrorchilik xuruji bo‘lmagani haqida bayonot bergan edi.
XS
SM
MD
LG