Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:28

O‘tunbayeva milliy ozchiliklar haqlaridan bahs etdi


Qirg‘izistonda milliy ozchilik vakillari rasmiy organlarda munosib o‘rin egallashi lozim.

Qirg‘iziston prezidenti Roza O‘tunbayeva bu haqda Bishkekda o‘tgan “Markaziy Osiyoda milliy ozchiliklar huquqlarining ta‘minlanishi va ularning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki” deb nomlangan anjumanda gapirdi.

Prezidentning aytishicha, ayni paytda Qirg‘izistonda 80 dan ortiq millat vakillari yashamoqda.

- So‘nggi 20 yil davomida biz mamlakatda konsensusni saqlashga harakat qildik, ammo ko‘plab xatoliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Bu haqda biz Qirg‘iziston Xalqlar assambleyasi qurultoyida ham gapirdik. Qurultoyga kelgan 800 dan ortiq delegat mamlakat bundan keyin qanday rivojlanishi kerakligi haqida ochiq oshkora va murakkab bahsni yuritdilar, - dedi prezident O‘tunbayeva.

Uning aytishicha, O‘sh qirg‘ini millatlararo munosabatlar siyosatini to‘laligicha qayta ko‘rib chiqilishiga turtki bo‘ldi. Bu yo‘nalishda Etnik taraqqiyot konsepsiyasi ishlab chiqildi va bu hujjat 18 iyunda bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston Xalqlar assambleyasi qurultoyida qabul qilindi.

- Hozir biz bu konsepsiyani amalga tadbiq etishimiz kerak. Asosiy vazifa Qirg‘izistonda yashayotgan barcha etnik guruhlarning ijtimoiy hayot, mahalliy hukumat, huquq-tartibot tuzilmlarai va parlamentdagi ishtirokini faollashtirish kerak. Etnik ozchiliklarga bu tizilmalarda 15 foizlik kvota beriladi, -dedi Roza O‘tunbayeva.

Ayni paytda Qirg‘izistondagi bir qator nodavlat tashkilotlari etnik ozchiliklar huquqlarini himoya qilish masalasi quruq so‘zlar bilan cheklanib qolmasligi lozimligini aytmoqdalar. Bu borada huquq himoyachilari mamlakat hukumatini O‘sh qirg‘inini o‘rgangan xalqaro komissiya tavsiyalarini bajarishga chaqirmoqdalar.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish joizki, Qirg‘iziston parlamenti xalqaro komissiya xulosasini va tavsiyalarini tan olmasligini bildirib, mazkur komissiya raisi Kimmo Kilyunenni mamlakatda istalmagan shaxs sifatida topish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

“Eng avvalo, milliy sudlov tizimidagi kamchiliklarni, jumladan, qonun ustivorligi prinsipiga hurmatsizlikni, militsiya xodimlari tomonidan mahbuslarga qilinayotgan shafqatsiz muomalani, qamoqlardagi qiynoqlarni bartaraf etish lozim. Bu kabi harakatlarni sodir etganlarning jazolanmay qolayotgani, mamlakat janubida fuqarolarning adolatli sudlov huquqi qo‘pol tarzda buzilayotgani Qirg‘izistondagi barqarorlikka va millatlararo ishonchning qayta tiklanishiga tahdid bo‘lib qolmoqda”, deyiladi huquq himoyachilarining prezident O‘tunbayevaga yo‘llagan ochiq maktubida.

Ayni paytda huquq himoyachilari prezident O‘tunbayevadan O‘sh qirg‘ini tashkilotchilaridan biri sifatida ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan huquq himoyachisi Azimjon Asqarov ishi yuzasidan yangi va xolis tergov boshlashni, O‘sh qirg‘inini o‘rgangan xalqaro komissiya tafsiyalarini hayotga tadbiq etishni talab qilishmoqda.
XS
SM
MD
LG