Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:55

R. O‘tunbayeva: Parlament qarori "shoshilinch va noto‘g‘ri"


Qirg‘iziston prezidenti Roza O‘tunbayeva mamlakat parlamentining Farg‘ona.ru saytini blok qilish haqidagi qarorini “shoshilinch va noto‘g‘ri qaror”, deb atadi.
“So‘z va axborot tarqalishi erkinligi Qirg‘iziston xalqi erishgan nisbatan muhim g‘alabalardandir. Biz muloqot quramiz, o‘z muxoliflarimiz va tanqidchilarimiz bilan bahslashamiz, xuddi avval bo‘lganidek ularning og‘zini yopmaymiz. Unutmaylikki, Farg‘ona.ru saytiga kirish 7 aprel voqealariga bir necha hafta qolganda ham yopilgan edi”, deyiladi prezident matbuot xizmati tarqatgan bayonotda.
Mamlakat rahbari Jo‘g‘o‘rqu Kenesh deputatlari e‘tiborini respublika Konstitutsiyasi fuqarolarning so‘z va huquq erkinligini taqiqlovchi huquqiy-normativ hujjatlarni qabul qilishga izn bermasligiga qaratdi.
XS
SM
MD
LG