Линклар

-Barcha millatlar bolalari boshlang‘ich maktabni bitirgach qirg‘iz tilini bilishlari lozim, aynan shunday – shunchaki imtihon topshirib, baho olish emas, bilishlari lozim, deb bayonot berdi Qirg‘iziston prezidenti Roza O‘tunbayeva 18 iyun kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston xalqi assambleyasining navbatdan tashqari VII qurultoyida qilgan chiqishi chog‘ida.

O‘tunbayevaga ko‘ra, butun respublika bo‘ylab davlat boshlang‘ich ta‘lim maktablarida o‘qish qirg‘iz tiliga ko‘chirilishi zarur.

Qirg‘iziston rahbari fikricha, qirg‘iz tilini bilish mamlakatning turli millatlarga mansub fuqarolariga raqobatbardosh bo‘lishga, ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishga rag‘bat beradi.
XS
SM
MD
LG