Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:34

Usmon Azim xushomadgo‘y shoirlarni “aldarko‘salar” deb atadi


Samarqandda yo‘l nosozligi bilan bog‘liq holat tanqid qilindi. Xalq shoiri Usmon Azim xushomadgo‘y ijodkorlarni keskin qoraladi. Ravshan Ermatov 2018 yilgi Jahon chempionati o‘yinlarini boshqarishi mumkin bo‘lgan referilar safiga kiritildi.

_______________________________________________________________

Matbuot: Camarqandning Qo‘shrabotida nosoz yo‘l tufayli odamlar tutdek to‘kilmoqda

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumani yo‘llari shu qadar o‘ydim-chuqurki, aholi viloyat markaziga borib kelguncha tutdek to‘kilmoqda, transport vositalari esa ta’mirtalab holga tushmoqda (“Jamiyat”, 10 fevral). 2015 yil iyunda tumandagi Koriz qishlog‘idan asfalt yotqizish boshlangan, ammo bir kilometrga borib-bormay ishlar taqa-taq to‘xtagan. Respublika yo‘l jamg‘armasining yo‘lni ta’mirlab berish haqidagi yoqimli va’dalari ham qog‘ozda qolib ketgan. Qayd etilishicha, Yo‘l jamg‘armasiga pul to‘layotgan odamlarning sabr kosasi to‘lgan va mutasaddilardan amaliy ish talab qilmoqda.

Xalq shoiri Usmon Azim: Xushomad – feodal zamondan qolgan sarqit, undan tezroq qutulishimiz lozim!

O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim osongina unvonu mukofot va martabaga ega bo‘lish maqsadida Vatan mavzusida she’r va qo‘shiq yozayotgan xushomadgo‘y ijodkorlarni uyat va andishadan yiroq kimsalar, aldarko‘salar deb atadi (“Hurriyat”, 15 fevral). “Adabiy xushomad, yaltoqlanish – feodal zamonlardan qolib ketgan sarqit. Undan tezroq qutulishimiz lozim”, degan U.Azim. Qo‘shiqbop engil-elpi she’rlar yozib, so‘zning qadrini tushirayotganlarni esa u shou-biznesning yog‘li biqiniga yopishgan kanalarga o‘xshatgan. “...bu qalloblar studiyalarni ham, radio va televidenieni ham tamom zabt etishdi. O‘sha joyda o‘tirgan mas’ul xodimlardan birortasi “bu she’r emas-ku” degan gapni aytishga jur’at qilolmadi. Chunki yo o‘zlarining tishlari she’rga o‘tmaydi, yo bu bozor ishda biror “savdo”lari bor”, deydi xalq shoiri Usmon Azim.

Ravshan Ermatov 2018 yilgi Jahon chempionati o‘yinlarini boshqaradimi?

FIFA hakamlar departamenti qarori bilan o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov 2018 yilgi Jahon chempionati o‘yinlarini boshqarishi mumkin bo‘lgan referilar safiga kiritildi (“Oila davrasida”, 16 fevral). Joriy yil 3-7 aprel kunlari Italiyaning Florensiya shahrida JCh-2018 ga da’vogar 53 nafar hakam uchun seminar bo‘lib o‘tadi. Italiyaga Osiyodan R.Ermatovdan tashqari yana 7 hakam taklif etilgan. R.Ermatov 2010 va 2014 yilgi mundialda 9 ta o‘yinga hakamlik qilib, jahon rekordini o‘rnatgan.

XS
SM
MD
LG