Линклар

logo-print
Qirg‘izistonda 80ga yaqin uyushgan jinoiy guruh vakillari qo‘lga olindi. Bular orasida Bishkek “smotryashiysi» ham bor. Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda to‘rtta jinoiy uyushgan guruhlar bo‘lib, ularning 300 ga yaqin faol ishtirokchilari mavjud.

Jinoyat olami vakillarining ommaviy tarzda qo‘lga olinishi prezident Ro‘za O‘tinboyevaning bir yarim oycha avval uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi e‘lon qilgan urushining samarasi bo‘ldi.

Xozirgi kunga kelib, qirg‘iz matbuotida Qirg‘izistonda kuch organlari va siyosatchilar uyushgan jinoiy guruhlarning mamlakat siyosatigacha aralashib ketgani, mamlakat bo‘ylab katta va kichik biznes egalariga soliqlar solayotgani, birovlar mol mulkini tortib olish, qurol yaroq va giyohvand moddalarni sotish biznesi bilan bemalol shug‘ullanayotgani aytilmoqda.

Jumladan, 1 fevral kuni mamlakat prezidenti Ro‘za O‘tinboyeva ham, O‘shda so‘zlagan nutqida Qirg‘izistonda kriminal dunyosining faollashgani, ularning mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotiga sezilarli ta‘sir o‘tkazayotganliklarini aytdi. Ayniqsa, mamlakat janubida jinoiy to‘dalarning muayyan bir tizimga aylanib borayotganidan havotirda ekanini bildirgan prezident, ularga qarshi qoniqarli daraja kurash olib bormayotgan huquqni himoya qilish organlarini tanqidga oldi.

Sen yolg‘iz emassan, tinchlan jigarim...

Qirg‘izistonda so‘ngi paytlarda ayrim xuquqni ximoya qilish organlari xodimlaring o‘zlari tomonidan qonunbuzarlik hollari ko‘paygani kuzatilmoqda. Bu esa, ko‘pchilikda kim bilan avval kurashish kerak – soqchi bilanmi yoki qaroqchi bilan qabilida o‘z yechimini topolmayotgan savollarning ko‘payishiga olib kelmoqda.

Prezident Ro‘za O‘tinboyeva ham ko‘pchilik holatlarda fuqorolar xuquqini himoya qilishi kerak bo‘lgan militsiya, prokuratura, sud organlari hodimlari o‘zlari qonunni buzayotgani aytdi. 2010 yilning 8 aprelidan to dekabrgacha davlat rahbari qabulxonasiga 8 ming 338 fuqoro xat orqali, 3 ming 520 kishi o‘zlari kelib murojaat qilgan. Ularning 35% dan oshiqrog‘i sud, prokuratura, militsiya hodimlari ustidan arz qilganlar.

Qirg‘iziston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Melis Turg‘anbayev Qirg‘izistonda uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatini qo‘llab turgan o‘z “krыsha”lari borligini aytdi. Turg‘anboyevga so‘zlariga ko‘ra, ular asosan uyushgan jinoiy guruhlar bilan kurashishi kerak bo‘lgan mamlakatning deyarli barcha kuch tizimlari - prokuratura, ichki ishlar vazirligi, sud tizimi, davlat xavfsizlik xizmati komiteti ishlovchi ba‘zi xodimlardir.

Melis Turg‘anboyevning aytishicha, ichki ishlar hodimlari uyushgan jinoiy guruhning faol vakilini bir yil ichida turli jinoyatlarda ayblab 10 marta qo‘lga olgan, lekin har safar sud organlari uni shartli jazo bilan ozodlikka chiqarib yuboravyergan.

Bu esa, ko‘p hollarda jinoiy uyushgan guruhlarning faollari, boshchilarining jazodan qutilib qolishi yoki ta‘qib boshlanganda mamlakatni tark etib, bir ikki yildan so‘ng bemalol qayta o‘z faoliyatini davom etdirishiga sabab bo‘lmoqda.

- Militsiya, prokuratura, sud tuzilmalarida ham jinoyat olami vakillari bor. Hozir biz jinoiy guruhlardagi ijrochilar va o‘rta toifadagi rahbarlarni qo‘lga olayapmiz. Keyingi navbatda jinoiy guruhlar rahbarlari qamoqqa olinadi. Shundan so‘ng hukumat tuzilmalarida jinoyat olami bilan bog‘langan shaxslar javobgarlikka tortiladi, - dedi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Melis Turganboyev.

Kim haq – soqchimi yoki qaroqchi?

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining rahbari Dushebekov Qirg‘izistonda uyushgan jinoiy guruhlar boshchilari bo‘lgan to‘rt kishi ismlarini e‘lon qildi. Ular Kamchi Kolbayev, Almanbet Anapiyayev, Almaz Bokushev va Maksat Abakirov.

Bundan besh oy oldin yuqorida ismi zikr etilgan Almanbet Anapiyayev belbog‘li kurash xalqaro federatsiyasi prezidenti etib saylangan. “Jinoyatchilikka qarshi urush e‘lon qilingach Anapiyayev Birlashgan Arab Amirliklariga qochib ketgan”, deb yozadi MK Qirg‘iziston gazetasi.

Ayni paytda Jalol Obodda Almanbetni qo‘llab bir guruh odamlar mitingga chiqishdi. Miting ishtirokchilari fikricha, Almanbet Anapiyayev maktab, masjidu madrasalar qurgan, xalq uchun juda katta xizmat qilgan. Anapiyayevni qo‘llab chiqqanlar unga qarshi ta‘qib to‘xtamasa, Bishkekkacha borishlarini aytdilar.

Xuddi shunday miting 2010 yili iyulda Qora Boltada ham o‘tib, militsiya hodimlari tomonidan qo‘lga olingan Almaz Bo‘qushevni (Bokushev) mitingchilar ozodlikka chiqarishga erishgan edilar. Xozirgi kunda Almaz Bo‘qushev, milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan qidiruvga berilgan to‘rt kriminal liderlarning biri.

Qirg‘iziston ichki ishlar bosh vaziri o‘rin bosari Melis Turg‘anboyev uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan kriminalning tag tubi bilan yo‘q qilish ilojsizligini e‘tirof etadi. “Kriminalning chiqmasligi kerak bo‘lgan o‘z ramkalari bor, ular esa siyosat ishlariga aralashib ramkadan chiqib ketdi” deb bildirdi vazir o‘rinbosari.

Jinoiy guruhlar bilan kurashda Gruziyani misol qatori ko‘rsatib, Qirg‘izistonda Gruziyadan ham samaraliroq ish yurgizish mumkinligini mahalliy 5 – kanalning “Maydan” ko‘rsatuvida kuch tizimlarini boshqaruvchi vitse bosh vazir Shamil Ataxanov aytdi.

Gruziya davlat prezidenti Saakashvili tashabbusi bilan 2009 yil o‘lka parlamenti – men o‘g‘riman deb o‘zining kriminal kuchlar lideri qatori tan olgan odamga 10 yilga ozodlikdan maxrum etish to‘g‘risida yangi qonunni qabul qilgan.

Lekin qonunda to‘laligicha ta‘qiqlangan jinoiy to‘dalar boshchilarini qo‘llab ochiq mitinglar o‘tayotgan bir kezda, Qirg‘iziston kuch tizimlarining Gruziyadan ko‘ra jinoyatchilar bilan kurashishda samaraliroq natijalarni ko‘rsatishiga ko‘pchilik shubha bilan qaramoqda.

Maqolani "Yosh to'lqin" hamkori Dilmurod tayyorladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG